Şimoliy Koreya AQŞning yadroviy qurolsizlaniş böyiça çaqiriğini rad etdi
Şimoliy Koreya AQŞning mamlakatni yadroviy qurolsizlantiriş haqidagi çaqiriqlarini rad etib, yadroviy qurollarini saqlab qolişi va yadroviy salohiyatini kuçaytirişda davom etişini malum qildi. Bu haqda “Korea JoongAng Daily“ xabar berdi.
Qayd etilişiça, Şimoliy Koreya Taşqi işlar vazirligi AQŞning mamlakatga nisbatan siyosati özgarmaganini takidlagan. Pxenyan Vaşingtonning “töliq yadroviy qurolsizlantiriş” talabi, inson huquqlari böyiça tanqidlari, şuningdek, AQŞning Janubiy Koreya va Yaponiya bilan harbiy hamkorligini duşmanona siyosatning dalili sifatida körsatgan.
“Bizing AQŞga nisbatan siyosatimizda heç qanday özgariş yöq. Uning özgarmas duşmanona siyosatiga oxirigaça eng qatiy pozitsiya bilan javob beramiz”, degan Şimoliy Koreya Taşqi işlar vazirligi vakili.
Pxenyan yadroviy qurollaridan voz keçmasligini bildirib, ularni mamlakat suverenitetini himoya qilişning “mutlaq kafolati” deb atagan.
“Şimoliy Koreya tasarrufidagi yadroviy qurollarni saqlaş va ularni muntazam ravişda kuçaytiriş mintaqada tinçlik va xavfsizlikni taminlaşning eng masuliyatli va töğri yölidir”, deyiladi bayonotda.
Şimoliy Koreya, şuningdek, AQŞning inson huquqlari masalasini kötarayotganini ham qoralagan. Pxenyan buni mamlakat obrösiga putur yetkaziş va içki beqarorlikni keltirib çiqarişga qaratilgan “öta qabih va duşmanona uriniş” deb baholagan.
Bu bayonot AQŞ Prezidenti Donald Trampning Vaşington va Seul örtasidagi Ulçi Freedom Şield harbiy maşğulotlarini sezilarli darajada qisqartirişni buyurgani haqidagi xabarlar fonida yangragan. Tramp avvalroq Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan “juda yaxşi munosabatlari” borligini aytgan va AQŞ – Janubiy Koreya harbiy maşğulotlari Pxenyanga keraksiz duşmanona signal yuborişini bildirgan edi.
Şunga qaramay, Pxenyan AQŞ, Janubiy Koreya va Yaponiya iştirokida joriy yilning 7–11 sentyabr kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan Freedom Edge köp yönalişli qöşma harbiy maşğulotlariga ham qarşi çiqmoqda.
Malumot uçun, Şimoliy Koreya 2023 yilning sentyabrida öz konstitutsiyasiga özgartiriş kiritib, mamlakatning “doimiy yadroviy davlat” maqomini mustahkamlagan va yadrosizlaniş imkoniyatini rad etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya NATO sammitini qoralab, yadrosizlaniş AQŞ ittifoqçilaridan boşlanişi kerakligini bildirgan edi.