Eron ŞHT sammitini AQŞ siyosatiga qarşi imkoniyat deb baholadi
Eron Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitida iştirok etişni Fors körfazi atrofida AQŞ tomonidan yuzaga keltirilgan keskinlik şaroitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuçaytiriş uçun strategik imkoniyat deb hisoblamoqda. Bu haqda Eron parlamenti Milliy xavfsizlik va taşqi siyosat komissiyasi azosi Alaeddin Borujerdiy Tehronda jurnalistlarga malum qildi.
Uning takidlaşiça, Eronning geografik joylaşuvi, rivojlangan avtomobil va temiryöl tarmoqlari, şuningdek, Kaspiy dengizi orqali ötuvçi transport yönalişlari ŞHT doirasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş uçun katta imkoniyat yaratadi.
“Geografik joylaşuvimiz, rivojlangan quruqlik, temiryöl va Kaspiy yönalişlarimiz, şuningdek, AQŞ tomonidan mintaqada yuzaga keltirilgan inqiroz fonida ŞHT maydoni mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy şeriklikni kengaytiriş va Vaşingtonning ekspansionistik siyosatiga qarşi turiş uçun oltin imkoniyatdir”, degan Borujerdiy.
Uning sözlariga köra, Eron ŞHT imkoniyatlaridan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş va mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida foydalanişi mumkin.
Ayni paytda Bişkekda Şanxay hamkorlik taşkilotining yubiley sammiti bölib ötmoqda. Qirğizistonning taşkilotdagi raisligi “25 yil ŞHT: barqaror tinçlik, taraqqiyot va farovonlik sari birgalikda” şiori ostida ötkazilmoqda.
Sammitda mintaqaviy xavfsizlikdan tortib, suniy intellektdan iqtisodiyotda foydalanişgaça bölgan masalalar muhokama qilinmoqda. Yiğiliş yakunida iştirokçilar Bişkek deklaratsiyasini qabul qilişi rejalaştirilgan. Uning loyihasi avvalroq ŞHTga azo davlatlar taşqi işlar vazirlari tomonidan kelişib olingan.
Hozirda ŞHT tarkibiga Belarus, Hindiston, Eron, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston kiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy raisi Si Tszinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ŞHT sammitida strategik şeriklikni yanada mustahkamlanganini elon qilgandi.