Nepalda maktab direktori 900 öquvçini toşqindan qutqarib qoldi
Nepalning Nuvakot tumanidagi örta maktab direktori Rajendra Davadi joriy yilning 26 avgust kuni Nepal va Xitoy çegaradoş hududiga yopirilgan halokatli sel oqimidan öz maktabining 900 nafar öquvçisini qutqarib qoldi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Rajendra Davadi 1600 nafar bola tahsil oladigan “Tribhuvan Trişuli” örta maktabini boşqaradi. 26 avgust kuni u yaqinlaşib kelayotgan sel oqimi haqida törtta ogohlantiriş olganyu Ulardan biri qöşni Betravati şahridan kelgan. Şundan söng, direktor darslarni bekor qilişga qaror qilgan va barça öquvçilarga zudlik bilan balandlikka kötarilişni buyurgan.
“Men ortiq paysalga soliş kerak emas deb qaror qildim. Hatto suv toşqini sodir bölmaganda ham, bu bor-yöği bitta öquv kuni yöqotilişi bölardi, xolos”, deydi direktor.
Evakuatsiya davom etayotgan bir vaqtda direktor sel oqimi daryodan taxminan 100 metr uzoqlikda joylaşgan yotoqxona binosini qamrab olganini körgan. Uning sözlariga köra, atigi ön daqiqalik keçikiş maktabdagilarning barçasi halok bölişiga olib kelişi mumkin edi.
“Meni va sinfdoşlarimni ölimdan atigi ön soniya ajratib turdi”, deydi 16 yoşli öquvçi Yunişa.
Uning aytişiça, suv va vayronalar şaharni bosib olayotgan bir paytda bolalar söqmoq böylab yuqoriga yugurgan. Sel kelganidan uç kun ötib Yunişa öz oilasi bilan qayta topişgan.
Ofat Nepalning boşqa hududlariga ham zarba bergan. Suv toşqinidan eng köp jabr körgan joylardan biri bölgan Dadingda bir guruh öquvçilar suv urilgan paytda tuşlik tanaffusida bölganliklari sababli omon qolgan. Boşqa maktablarda öqituvçilar suv yopirilib kelişidan bir lahza oldin bolalarga portfel va tuşlik qutilarini taşlab yugurişni buyurib, ularni sinfxonalardan olib çiqişga ulgurgan.
“Save the Çildren” xayriya taşkilotining xabar berişiça, suv toşqini mamlakatdagi kamida 69 ta maktabni vayron qilgan yoki zarar yetkazgan, bu esa deyarli 19 ming bolaga tasir körsatgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nepal va Xitoyda yuz bergan halokatli suv toşqinlari oqibatida vafot etganlar soni ming nafardan oşgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, Nepalning özida 987 kişi halok bölgan, qariyb 4 ming kişi bedarak yöqolgan.