Nepalda 17 mingdan ortiq bola şoşilinç yordamga muhtoj – UNICEF
Joriy yilning 26 avgust kuni Nepalning Rasuva, Nuvakot va Dhading tumanlariga yopirilgan vayronkor sel oqimi oqibatida kamida 17 ming nafar bola jabr kördi. Bu haqda UNICEF xabar berdi.
Hozirga qadar olingan baholaşlarga köra, 500 dan ortiq odam, jumladan, kamida 14 nafar bola halok bölgan, yuzlab odamlar hanuz bedarak yöqolganlar röyxatida qolmoqda. Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari davom etar ekan, qurbonlar soni yana ortişi mumkin.
“Rasuva va Dhadingdagi bolalar juda qisqa vaqt içida öz hayotlari köz oldilarida yuvilib ketganiga guvoh bölişdi: uylar, sinfxonalar va tibbiyot muassasalariga zarar yetdi. Juda köp odamlar öz hayotini va yaqinlarini yöqotdilar”, deydi UNICEF’ning Nepaldagi vakili Alisa Akunga.
Alisa Akunganing aytişiça, qurbonlar soni ortişda davom etar ekan, uşbu fojia hali tugaşdan yiroq. Suv toşqinidan omon qolgan bolalar endi kasalliklar, oziq-ovqat yetişmovçiligi, zöravonlik va ekspluatatsiya xavfiga duç kelmoqda. UNICEF joylarda işlamoqda va yordam kölamini kengaytirmoqda, ammo yordamga muhtoj har bir bolaga kömaklaşiş uçun zudlik bilan köproq resurs zarur.
18 ta maktab butunlay vayron bölgan, yana 20 tasi zarar körib, bolalarni talim oliş, öynaş va tiklaniş uçun xavfsiz joylardan mahrum qilgan. Ofatdan jabrlangan hududlarda önlab maktablar daryo qirğoqlari yaqinida joylaşgan va hanuz xavf ostida qolmoqda. Taxminlarga köra, maktab yoşidagi 10 mingga yaqin bola talimni davom ettiriş uçun şoşilinç qöllab-quvvatlaşga, jumladan, vaqtinçalik öquv markazlariga kiriş, öquv materiallarini almaştiriş hamda bolalar va öqituvçilar uçun psixosotsial yordamga muhtoj.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nepal va Xitoyda muzlik qulaşi oqibatida yuzaga kelgan suv toşqinlarida kamida 552 kişi halok böldi, qariyb ming kişi bedarak yöqolgani haqida xabar berilgan edi. Malumotlarga köra, Nepalda 547 kişi, Xitoyning Tibet hududida esa 5 kişi halok bölgan. Ikki mamlakatda qariyb 1 ming kişi bedarak yöqolgan. Ularning kamida 540 nafari xorijiy fuqarolar bölib, köpçiligi Hindistondan Tibetdagi Kaylaş toği va Manasarovar köliga ziyoratga yöl olganlar hisoblanadi.