Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1,5 mingga yaqinlaşdi
Venesuelada sodir bölgan zilzila qurbonlari soni 1 ming 400 nafarga yetdi. 3 mingdan ortiq kişi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat parlamenti raisi Xorxe Rodriges malum qildi.
Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda vaqtinçalik boşpanalarda 3 ming 142 ta jabrlangan oila qolmoqda. Qutqaruv işlari va vayronalarni tozalaş jarayoni davom etar ekan, halok bölganlar va yaralanganlar soni ortişda davom etmoqda.
Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) baholaşiga köra, Venesueladagi zilzilalardan 6,76 milliongaça kişi jabr körgan bölişi mumkin.
Mamlakatga xalqaro yordam va qutqaruvçilar yetib bormoqda. Venesuela soğliqni saqlaş tizimi dori-darmon va tibbiy buyumlarning ötkir tanqisligini boşdan keçirmoqda.
BMTning xabar berişiça, qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga allaqaçon mingga yaqin xalqaro mutaxassislar, jumladan, qidiruv itlari bölgan kinologlar otryadlari jalb etilgan.
Eslatib ötamiz, 25 iyun kuni Venesuelada sönggi 126 yil içidagi eng kuçli zilzila sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.