Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 600 nafarga yaqinlaşdi
Venesueladagi vayronkor zilzila qurbonlari soni 500 nafardan oşdi. Bu haqda mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvçi Delsi Rodrigesga tayanib, BBC xabar berdi.
Delsi Rodrigesning sözlariga köra, ayni paytga kelib 589 kişi vafot etgan, jarohatlanganlar soni esa 2 980 kişini taşkil etmoqda.
Milliy assambleya spikeri Xorxe Rodrigesning malum qilişiça, zilzila oqibatida 8 ta şifoxona, 20 ta savdo markazi va 68 ta infratuzilma obekti şikastlangan. 250 ta bino zarar körgan yoki butunlay vayron bölgan.
Bir qator mamlakatlar Venesuelaga qutqaruvçilar va gumanitar yordam jönatdi. AQŞ logistik kömak körsatiş uçun harbiy bölinmalarini safarbar qildi. Braziliya 36 nafar mutaxassis va dala şifoxonasi bölgan harbiy-transport samolyotini jönatmoqda. Ekvador, Salvador, Meksika, Çili, Kolumbiya, Kuba va boşqa davlatlar ham yordam berişga tayyor ekanliklarini bildirgan.
Eslatib ötamiz, keça, 25 iyun kuni kunduzi Venesuelada 39 soniyalik farq bilan ikkita zilzila sodir bölgandi: birinçi silkiniş San-Felipe yaqinida 7,2 magnitudali, undan keyingi asosiysi esa Yumaredan janubi-şarqda 7,5 magnitudali böldi. Seysmologlar kamida 138 ta afterşokni (qayta yer silkinişini) qayd etdi.