Venesueladagi zilzila qurbonlari 164 kişiga yetdi (fotoreportaj)
Keça, 24 iyun kuni keçqurun Venesuela şimolida sodir bölgan zilzila oqibatida kamida 164 kişi halok böldi va 971 kişi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvçi Delsi Rodriges malum qildi.
Qayd etilişiça, eng köp talofat körgan hudud sohilböyidagi La-Guayra ştati böldi.



“U yerda önlab binolar qulab tuşdi... va hozirda biz odamlar hayotini saqlab qoliş uçun jadal qutqaruv işlarini olib bormoqdamiz”, deydi Rodriges.



Şuningdek, Karakas şahrida ham vayrongarçiliklar bölgani xabar qilinmoqda. Poytaxt aeroporti binosiga şikast yetgan va u yopilgan. Karakasning ayrim hududlarida elektr energiyasi yöq, mobil aloqa işlamayapti. Şaharda metro faoliyati töxtatilgan, gaz taminoti uzilgan, maktablar yopilgan.



Venesuela Içki işlar vaziri Diosdado Kabelo aholini köçada qolişga çaqirgan, çunki takroriy afterşoklar yangi vayrongarçiliklarga olib kelişi mumkin. Köpçilik tunni köçalarda yoki avtomobillarda, metro stantsiyalarida va boşqa jamoat joylarida ötkazgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq xabar berilganidek, Venesuelada 40 soniyalik farq bilan magnitudasi 7,5 va 7,2 ga teng bölgan ikkita zilzila qayd etilgan edi.