Dastlabki hisob-kitob: Venesueladagi kuçli zilzila oqibatida qança odam ölgani aytildi
Venesuela sohillari yaqinida sodir bölgan 7,2 va 7,5 magnitudali ikki kuçli zilzila oqibatida kamida 32 kişi halok böldi, qariyb 700 kişi jarohat oldi. Bu haqda mamlakatning vaqtinça prezidenti Delsi Rodriges davlat telekanali efirida malum qildi.
Uning sözlariga köra, önlab binolar qulab tuşgan va hozirda imkoni boriça köproq insonlarni qutqarib qoliş uçun keng kölamli qutqaruv işlari olib borilmoqda.
“Önlab binolar vayron böldi va hozir biz imkon qadar köproq inson hayotini saqlab qoliş uçun juda jadal qutqaruv işlarini amalga oşirmoqdamiz”, degan Delsi Rodriges.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Geologiya xizmati Venesuela sohillari yaqinidagi ikki kuçli zilzila oqibatida qurbonlar soni 10 mingdan 100 ming nafargaça yetişi ehtimoli borligini malum qilgan edi. Idora hisob-kitoblariga köra, bunday stsenariy röy beriş ehtimoli 44 foizni taşkil etgan.