USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ğazoda oçlikdan halok bölganlar soni 382 kişiga yetdi

131 марта

Ğazoda oçlikdan halok bölganlar soni 382 kişiga yetdi

2023 yilning oktyabridan buyon Ğazo sektoridagi blokada fonida oçlikdan halok bölganlar soni 382 nafarga yetdi, ular orasida 135 nafar bola ham bor. Bu haqda bugun, 6 sentyabr kuni Falastin Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.


“Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi oxirgi 24 soat içida oçlik va töyib ovqatlanmaslikdan olti kişining, jumladan, bir bolaning ölimi qayd etilganini malum qildi. Şu tariqa, umumiy halok bölganlar soni 382 nafarga yetdi, ularning 135 nafari bolalar”, deyiladi bayonotda.

Sektor mamuriyati malumotiga köra, faqat joriy avgust oyining özida oçlikdan 185 kişi vafot etgan. Bu mart oyida blokada kuçaytirilganidan beri eng yuqori körsatkiç hisoblanadi. Hozirda beş yoşgaça bölgan 43 ming bola va 55 mingdan ortiq homilador hamda emizikli ayollar töyib ovqatlanmaslikdan aziyat çekmoqda.

BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti joriy yilning 22 avgust kuni ilk bor Ğazo sektorida oçlik böyiça falokatli holat elon qilgandi. Baholaşlarga köra, sentyabr oxiriga borib 640 mingdan ortiq odam oziq-ovqat tanqisligining eng yuqori darajasi – oziq-ovqat xavfsizligi tasnifidagi beşinçi fazaga duç keladi.

Ğazo mamuriyatining malum qilişiça, Isroil joriy yilning 27 iyulidan 30 avgustigaça falastinliklarga qisman gumanitar yordam yetkazib berişni qayta tiklagan davrda sektorga 3188 ta yuk maşinasini kiritişga ruxsat bergan. Biroq bu aholining yordamga bölgan ehtiyojining atigi 15 foizini qoplaydi. Şu bilan birga, Isroil yuzlab oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan, göşt, baliq, tuxum, meva-sabzavot, ayrim sut mahsulotlari va oziq-ovqat qöşimçalari kabi eng muhim mahsulotlarni kiritişga tösqinlik qilmoqda.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: