Ğazoda yana yordam olmoqçi bölganlar öqqa tutildi
30-08-2025, 21:57
103 марта

Ğazoda yana yordam olmoqçi bölganlar öqqa tutildi
Sönggi 24 soat içida Isroil armiyasining Ğazo sektoriga uyuştirgan hujumlari oqibatida kamida 66 falastinlik halok böldi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.Malum qilinişiça, vafot etganlar orasida insonparvarlik yordamini kutayotgan tinç aholi vakillari ham bor. Naşrga köra, “ular oçlikdan ölmaslik uçun yordam ilinjida taşqariga çiqqan va daydi öqlarning qurboniga aylangan”.
Şifokorlar va guvohlarning malumotiga köra, Ğazo şahrining markazidagi Vahdet köçasida uyuştirilgan zarbada uç tinç aholi vafot etgan. Şuningdek, şimoldagi Şayx-Ridvon hududida bir guruh ğazoliklar öqqa tutilgan. Zarqa hududidagi uyga qilingan hujumda ham bir neça kişi jarohat olgan.
Qolaversa, Ğazoning Zikim hududida yordam kutib turgan töqqiz falastinlik isroilliklarning hujumidan halok bölgan. Şimoliy, janubiy va markaziy hududlarga uyuştirilgan boşqa zarbalarda esa 49 kişi jon bergan.
Bundan taşqari, markazdagi Nuseyrat qoçqinlar lageri yaqinidagi uyga qilingan aviazarbada beş kişi halok bölgan.
Oxirgi paytlar bu kabi holatlar Ğazoda tez-tez sodir bölmoqda. Isroil kuçlari ovqat, yordam olişga intilgan ğazoliklardan “xörak” sifatida foydalanib keladi. Gumanitar yordam esa mintaqa aholisining eng sönggi umidlaridan biri. May oyidagi oxirgi tahlillardan beri, 2025 yilning iyun oyiga qadar hududdagi ozğinlikdan ölim xavfi yuqori bölgan bolalar soni 14 ming 100 nafardan 43 ming 400 nafargaça oşgan. Homilador va emizikli ayollar orasida ham holat keskin yomonlaşgani aytiladi. May oyida 17 ming deb baholangan holat, 2026 yilning örtasiga borib 55 minggaça köpayişi kutilyapti.
Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi malumotiga köra, Isroil hujumlari boşlanganidan beri deyarli 63 ming kişi, asosan ayollar va bolalar uruş qurboniga aylangan.