Putin Rossiya jang maydonida ğalaba qozonayotganini aytdi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Ukrainadagi uruşda jang maydonida ustunlikka erişayotganini takidlab, Ukraina rahbariyatini “terrorçilar” deb atadi va ular bilan muzokara olib borişni rad etdi. Bu haqda Putin Qirğizistonda Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida jurnalistlar bilan suhbatda söz oçdi.
Uning aytişiça, Rossiya qöşinlari Donetsk viloyatida sönggi paytlarda 270 kvadrat kilometr hududni egallagan va Ukraina harbiylarining ikkita yirik guruhini qurşab olgan.
Rossiya Prezidenti Ukraina tomonidan Rossiya hududiga, xususan, neftni qayta işlaş zavodlariga amalga oşirilayotgan dron hujumlari zarar yetkazayotganini tan olgan. Biroq uning takidlaşiça, Rossiya havo mudofaasi tizimini kuçaytirgan va dronlarga qarşi kuraş samaradorligi oşgan.
Putin Rossiyada yaqin orada yangi safarbarlik ötkazilişi mumkinligi haqidagi xabarlarni ham rad etgan. U bunday malumotlarni “mutlaqo bemani” deb atadi.
Rossiya Prezidenti Germaniyaning Leyptsig aeroportiga dron hujumi uyuştirilişida Moskva aybdorligi haqidagi xulosalarini ham rad etgan. Putin Germaniya Rossiyaga qarşi bunday ayblovlarni ilgari suriş orqali dalillarni soxtalaştirayotganini bildirdi.
Şu bilan birga, Putin Ukraina rahbariyatini muzokaralar uçun legitim hamkor deb hisoblamasligini aytgan bölsa-da, tinçlik muzokaralariga butunlay qarşi emasligini bildirgan. U AQŞ Prezidenti Donald Trampning vakillari bilan mazmunli muzokaralar ötkaziş imkoniyatini saqlab qoliş zarurligini takidlagan.
Putinning sözlariga köra, bunday muzokaralar faqat ular orqali sezilarli natijaga erişiş imkoni bölgan taqdirdagina manoga ega.
Rossiya Prezidentining bayonotlari Ukrainadagi uruş tört yarim yilga yaqinlaşgan va jamiyatda uruşdan çarçoq kuçayib borayotgan bir şaroitda yangradi. Şu bilan birga, Moskva Ukrainadagi harbiy amaliyotlarni davom ettiriş pozitsiyasini saqlab qolmoqda.
Eslatib ötamiz, avvaloq Rossiya Prezidenti Birlaşgan Millatlar Taşkilotining (BMT) salohiyati hali töliq oçilmaganini bildirgandi.