Armanistonga Rossiya bazasi kerak bölmasa, ertagayoq ketamiz – Putin
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Armanistonga Gyumridagi Rossiya harbiy bazasi kerak bölmasa, Moskva harbiy obektni ertagayoq olib çiqib ketişga tayyorligini aytdi. Bu haqda Putin keça, 1 sentyabr kuni Bişkekda Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti yakunlari böyiça jurnalistlar savollariga javob berayotganda söz oçdi.
“Agar Armanistonga Gyumridagi Rossiya bazasi kerak bölmasa, biz ertagayoq ketamiz”, degan Rossiya rahbari.
Putinning takidlaşiça, Armaniston bilan boğliq hozirgi muammolar Qoraboğ atrofidagi vaziyatdan boşlangan. Biroq, uning sözlariga köra, Yerevanning özi uşbu hududni Ozarbayjon tarkibida deb tan olgan.
Rossiya Prezidenti, şuningdek, Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş jarayonini boşlaşi Yerevanning Moskvaga nisbatan siyosiy yönalişini özgartirayotganidan dalolat berişini aytgan.
“Evropa Ittifoqi va YeOIIda bir vaqtning özida böliş mumkin emas. Agar siz Yevropa Ittifoqiga qöşiliş jarayonini boşlaş töğrisida qonun qabul qilgan bölsangiz, demak, niyatingizni bizga bildirdingiz”, degan Putin.
Şu bilan birga, Moskva Armaniston bilan hamkorlikni davom ettirişga tayyorligini bildirgan. Putin Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik masalasi ham Armaniston xalqining xohişiga boğliq ekanini takidlagan.
Malumot uçun, Rossiyaning Gyumrida joylaşgan 102-harbiy bazasi 1995 yildan buyon Armaniston hududida faoliyat yuritadi. Dastlab tomonlar baza böyiça 25 yillik kelişuv tuzgan, 2010 yilda esa uning amal qiliş muddati 2044 yilgaça uzaytirilgan.
Gyumridagi baza Mustaqil Davlatlar Hamdöstligining birlaşgan havo mudofaasi tizimi bilan ham boğliq.
Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan joriy yilning iyun oyida Rossiya harbiy bazasini mamlakatdan çiqariş rejasi yöqligini aytgan edi. Biroq u sönggi yillarda Armaniston hududidagi Rossiya harbiy kuçlarining mavjudligi qisqarayotganiga etibor qaratgan.
Putin va Paşinyan Bişkekda ŞHT sammiti doirasida uçraşib, ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Uçraşuvning asosiy mavzularidan biri Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş niyati va bu qarorning Rossiya bilan munosabatlarga ehtimoliy tasiri böldi.
Öz navbatida, Paşinyan ham Armaniston Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantiriş va çuqurlaştirişdan manfaatdor ekanini bildirgan. U Yerevanning Yevropa Ittifoqiga qöşilişga intilişi Rossiya va YeOII bilan mavjud kelişuvlarni buzmaydi, deb hisoblaşini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan endi Rossiyani “strategik şerik” deb hisoblamasligini aytgandi.