USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nogironlar uyida jinsiy zöravonlik qilgan rahbar 15 yilga qamaldi

489 марта
Ногиронлар уйида жинсий зўравонлик қилган раҳбар 15 йилга қамалди

Janubiy Koreyada nogironlar uçun möljallangan parvariş uyining sobiq rahbari bir neça nafar tarbiyalanuvçiga nisbatan jinsiy zöravon qilgani uçun 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Sud hukmiga köra, Inçxon şahridagi Sekdongvon muassasasining sobiq rahbari, familiyasi Kim bölgan erkak uç nafar tarbiyalanuvçiga nisbatan jinsiy zöravonlik qilgan.

Politsiya ötgan yil fevral oyida oğir darajadagi aqliy nogironligi bölgan ayol jabrlanuvçilardan biri zöravonlik haqida murojaat qilganidan söng, Kimga nisbatan tergov boşlagan.

Mazkur holat ortidan Janubiy Koreya hukumati mamlakat böylab nogironlar uçun möljallangan 1 507 ta parvariş muassasasini tekşirgan. Tekşiruvlar davomida 33 ta ehtimoliy zöravonlik holati aniqlangan. Janubiy Koreya Boş vaziri Kim Min Sok Sekdongvon muassasasidagi zöravonlikni “davlatning mavjudligi sababini şubha ostiga qöyadigan jiddiy masala” deb atagan.

Gangxva okrugi buyurtmasiga köra ötkazilgan batafsil baholaşda muassasaning hozirgi va sobiq 20 nafar ayol tarbiyalanuvçisi jinsiy zöravonlikka uçragan bölişi mumkinligi aniqlangan.

Mazkur iş mamlakatda nogironligi bölgan şaxslarni jinsiy zöravonlikdan himoya qilişga qaratilgan qonunlar 2011 yilda kuçaytirilganiga qaramay, bunday holat qanday qilib uzoq vaqt davomida aniqlanmay qolganiga oid savollarni keltirib çiqargan.

Gangxva okrugi Sekdongvon muassasasini yopişga qaror qilgan, Inçxon şahri rasmiylari esa uni boşqargan jamğarmaning litsenziyasini bekor qilgan. Biroq qolgan tarbiyalanuvçilar boşqa joylarga köçirilişi va ularning mustaqil hayoti uçun şaroit yaratilmagunça muassasaning yopilişi keçiktirilgan.

Muassasani boşqargan jamğarma esa litsenziyaning bekor qilinişiga qarşi mamuriy sudga davo kiritgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyda Xubey provintsiyasi Kommunistik partiyasi qömitasining sobiq kotibi 111 million dollar miqdorida pora olganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: