USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiya ŞHTga tölaqonli azo bölişni körib çiqmoqda – Erdöğan

75 марта
Туркия ШҲТга тўлақонли аъзо бўлишни кўриб чиқмоқда – Эрдўған
Бишкекдан ноёб кадрлар: ким ким билан норасмий мулоқот қилди? (фото)

Bişkekdan noyob kadrlar: kim kim bilan norasmiy muloqot qildi? (foto)

Anqara ŞHT bilan hamkorlikni yangi bosqiçga kötarmoqçi. Şu bilan birga, taşkilot bilan yanada yaqinlaşiş Ğarb vektoridan voz keçişni anglatmaydi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Qirğizistondan qaytiş parvozi vaqtida jurnalistlarga bergan intervyusida söz oçdi.

“Turkiyaning ŞHTga azo böliş istiqboli heç bir holatda mamlakatning Ğarbdan yuz ögirişini anglatmaydi. Bizning maqsadimiz – har tomonlama qaraş kontseptsiyasiga amal qilgan holda öz tasirimizni kengaytirişdan iborat”, deydi Erdöğan.

Uning sözlariga köra, Anqara NATOdagi iştirokini saqlab qolgan holda, taşkilotga tölaqonli azo böliş imkoniyatini körib çiqmoqda.

Malumot uçun, Turkiya 1952 yildan buyon Şimoliy Atlantika alyansiga (NATO) azo. Öşanda azolikka qabul qiliş töğrisidagi tegişli hujjatlarni mamlakat rahbari Jalol Bayar tasdiqlagan. Joriy yilning iyul oyida Anqara sönggi 22 yil içida ilk bor öz hududida NATOning 36-sammitiga mezbonlik qildi. Parallel ravişda mamlakat ŞHT bilan ham uzoq vaqtdan beri aloqalarni rivojlantirib kelmoqda. 2012 yilning iyun oyida Pekindagi sammitda Anqaraning arizasi bir ovozdan maqullangan, 2013 yilning aprel oyida esa Turkiyaga muloqot böyiça şerik maqomini huquqiy jihatdan mustahkamlagan memorandum imzolangan.

ŞHT sammiti va “ŞHT+” formatidagi uçraşuv joriy yil 31 avgustdan 1 sentyabrgaça Bişkekda bölib ötdi. Tadbirlarda 17 ta mamlakat va oltita xalqaro taşkilot delegatsiyalari iştirok etdi. Birlaşmaning tölaqonli azolari 10 ta davlat: Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Özbekiston, Hindiston, Pokiston, Eron va Belarus. Forumda iştirok etgan yetakçilar orasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, XXR Raisi Si Tszinpin, Hindiston Boş vaziri Narendra Modi, Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Belarus rezidenti Aleksandr Lukaşenko, Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif va boşqalar bor.

Sammit davomida Erdöğan Vladimir Putin bilan alohida uçraşuv ötkazdi. Asosiy mavzu Rossiya va Turkiyaning ikki tomonlama munosabatlari böldi. Tomonlar hamkorlikning yuqori darajada ekanini qayd etdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: