Turkiya YeIga azo böliş yölidagi tösiqlarni olib taşlamoqçi – Erdöğan
Turkiya Yevropa Ittifoqiga (EI) azo böliş yölidagi sönggi ğovlarni bartaraf etişni muhokama qilişdan umidvor. Bu haqda bugun, 8 iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Anqaradagi NATO sammiti doirasida Italiya Boş vaziri Jorja Meloni bilan bölib ötgan uçraşuvda söz oçdi.
“Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan endi tösiqlar haqida emas, balki azoligimiz yölidagi sönggi ğovlarni olib taşlaş töğrisida gaplaşmoqçi”, deydi Erdöğan.
Turkiya Prezidenti mamuriyatining xabar berişiça, yetakçilar ikki tomonlama munosabatlarni, şuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilgan.
Erdöğan Anqara va Rim mudofaa sanoati, investitsiyalar, energetika va savdo sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş niyatida ekanini qayd etgan.
Turkiya Prezidenti NATOning Yevropa tarkibiy qismini kuçaytiriş zarurligini ham alohida takidlagan. Uning sözlariga köra, Anqara Yevropa Ittifoqining xavfsizlik va mudofaa sohasidagi say-harakatlarini, başarti ular alyans mexanizmlariga tayansa va ularni takrorlamasa, qöllab-quvvatlaydi.
Uçraşuv davomida tomonlar Liviyadagi vaziyatni ham muhokama qilgan. Erdöğan Turkiya, Italiya, Qatar va Liviya tomonidan yölga qöyilgan tört tomonlama hamkorlik formati muhim mexanizm bölib qolayotganini va uning işi davom ettirilişini bayon qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rajab Toyib Erdöğan NATO davlatlari örtasida mudofaa sanoati sohasidagi çeklovlarni bekor qilişga çaqirgani va Anqaraning Yevropa xavfsizlik taşabbuslarida töliq iştirok etişi kerakligini aytgani haqida xabar berilgan edi.