Tramp Turkiyaga nisbatan sanktsiyalarni olib taşlaşni vada qildi
NATO sammiti bahonasida Turkiyaga kelgan AQŞ Prezidenti Donald Tramp Anqarada turkiyalik mavqedoşi Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşuvda Turkiya Rossiyaning S-400 havo mudofaa tizimlarini sotib olganidan keyin Vaşington tomonidan Turkiyaga qarşi joriy etilgan sanktsiyalarni bekor qilişini malum qildi.
“Biz sanktsiyalarni bekor qilmoqçimiz”, deydi Tramp jurnalistlar qarşisida.
Oq uy rahbari AQŞning Turkiya bilan munosabatlari hozir har qaçongidan ham yaxşi ekanini aytgan. Şuningdek, Donald Tramp Turkiya bilan boğliq heç narsa uni xavotirga solmasligini bildirgan.
2019 yilda Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olgani sababli F-35 dasturidan çiqarildi. Anqara buni adolatsiz va noqonuniy qadam deb atadi. 2020 yil dekabr oyida AQŞ Turkiya Mudofaa sanoati boşqarmasi, uning rahbari Ismoil Demir va respublikaning yana uç fuqarosiga qarşi sanktsiyalar kiritdi.
Sanktsiyalarni bekor qiliş Kongressda qarşilikka uçraşi mumkin, çunki Kongress 2020 yilda Rossiyaning S-400 samolyotlari Turkiyaga sotilişini taqiqlovçi qonunni qabul qilgan.
Eslatib ötamiz, 2022 yilning iyun oyida Madridda bölib ötgan NATO sammitida Rajab Toyib Erdöğan Şvetsiya va Finlyandiyaning NATOga azo bölişiga rozilik bildiriş orqali AQŞning öşa vaqtdagi prezidenti Jo Baydendan F-16 samolyotlarini undirib qaytgandi.