Tramp F-35 qiruvçilarining Turkiyaga sotuvini qayta tiklaşi mumkin – NYT
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanga Anqarani F-35 beşinçi avlod qiruvçi samolyotlari dasturiga qayta qöşişga tayyorligini malum qilişi kutilmoqda. Bu haqda “The New York Times” tört nafar yuqori lavozimli mamuriyat rasmiysiga tayanib xabar berdi.
Xabar Trampning NATO sammitida iştirok etiş uçun Anqaraga yöl olgani va u yerda Erdöğon bilan uçraşişi kutilgan bir paytda elon qilingan. Sammit bugun, 7 iyul kuni keçqurun boşlanadi.
Naşr malumotiga köra, rasmiylar Tramp Kongress va amaldagi qonunçilik çeklovlarini qanday aylanib ötişga harakat qilişi borasida turliça fikr bildirgan. Biroq ularning aytişiça, bu masala böyiça ikki davlat rahbari örtasida rasmiy maktublar almaşinuvi bölişi mumkin.
Turkiyaning 2019 yilda Rossiyadan S-400 havo hujumidan mudofaa tizimini sotib olişi Anqara va Vaşington örtasidagi munosabatlarni sovutgan hamda Kongressning Turkiyani qöllab-quvvatlaşini qiyinlaştirgan edi. Bunga javoban AQŞ Turkiyaga qarşi sanktsiyalar joriy qilgan va uni F-35 qiruvçi samolyotlari dasturidan çiqargandi.
Şuningdek, Kongress Anqara S-400 tizimiga egalik qilar ekan, Turkiyaga F-35 samolyotlarini sotişni taqiqlovçi qonunni qabul qilgan. AQŞ qonunçilari Rossiya tizimi Amerikada işlab çiqarilgan jangovar samolyotlar xavfsizligiga tahdid solişini takidlagan.
Bu masala Donald Tramp davrida ikki davlat munosabatlari yaxşilanganiga qaramay, AQŞ va Turkiya örtasidagi asosiy kelişmovçiliklardan biri bölib qolmoqda.
Şu bilan birga, bu xabar ikki davlat munosabatlari yaxşilanayotganining yana bir belgisi sifatida baholangan. “Reuters” körgan rasmiy hujjatga köra, ötgan oy Tramp mamuriyati Turkiyaga qiymati 700 million AQŞ dollaridan ortiq bölgan önlab aviatsiya dvigatellarini sotiş niyati haqida Kongressni rasman xabardor qilgandi.
Eslatib ötamiz, ötgan yil 25 sentyabr kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşuv ötkazgandi. Tramp uçraşuvda Erdöğanga Rossiyadan neft sotib olişni töxtatiş haqidagi iltimosini qabul qilişiga işonişini aytgan va Anqaraga ilğor F-35 qiruvçi samolyotlarini xarid qiliş imkonini beriş uçun AQŞ sanktsiyalarini bekor qilişi mumkinligini malum qilgandi.