Rossiya tizimi Turkiyaning AQŞ qiruvçisini olişiga asosiy tösiq bölyapti
11-12-2025, 10:11
70 марта

Rossiya tizimi Turkiyaning AQŞ qiruvçisini olişiga asosiy tösiq bölyapti
Bugun, 10 dekabr kuni Turkiya AQŞ bilan F-35 qiruvçi samolyotlari dasturiga qayta qöşilişi böyiça muzokaralar olib bormoqda va Vaşington muzokaralar yaqin oylarda ijobiy natija berişiga umid qilmoqda. Bu haqda “Al-Monitor” xabar berdi.Keltirilişiça, Anqara 2020 yilda Rossiyaning S-400 aviatsiyalarini sotib olgani uçun Vaşington uni “Lockheed Martin” (F-35) dasturidan çiqarib taşlagan va Turkiyaga nisbatan sanktsiyalar kiritgandi.
Turkiya bu harakatni adolatsiz deb baholadi va tomonlar AQŞ Prezidenti Donald Trampning ikkinçi muddati davomida bu masalani yengib çiqişiga umid bildirdi.
“Qöşma Ştatlar Turkiya bilan ularning F-35 dasturiga qayta qöşiliş istagini va Rossiyada işlab çiqarilgan S-400 havo mudofaa tizimiga ega bölişi borasida muzokaralar olib bormoqda”, dedi AQŞning Anqaradagi elçi Tom Barak X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.Barak agar Turkiya F-35 dasturiga qaytişni istasa, AQŞ qonunlari Turkiyaga S-400 tizimidan foydalanişga ruxsat bermasligini aytdi. Şuningdek, u Tramp va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan örtasidagi munosabatlar hamkorlikning yangi muhitini yaratganini va bu deyarli ön yil içida uşbu mavzu böyiça eng samarali suhbatga sabab bölganini aytdi.
“Umidimiz şuki, bu muzokaralar kelgusi oylarda ham Amerika Qöşma Ştatlari, ham Turkiyaning xavfsizlik talablariga javob beradigan yutuq böladi”, dedi u.Turkiya Taşqi işlar vaziri Xoqon Fidan “Reuters” agentligiga Turkiya va AQŞ Amerika sanktsiyalarini “tez orada” olib taşlaş yölini topişiga işonganini va NATO ittifoqçilari bu borada iş boşlaganini aytdi.