Rossiya Turkiyadan S-400 tizimlarini qaytarib olişga urinmoqda — OAV
14-09-2025, 22:08
443 марта
Rossiya Turkiyadan S-400 tizimlarini qaytarib olişga urinmoqda — OAVMoskva Anqara bilan 2019-yildan söng yetkazib berilgan S-400 havo mudofaa tizimlarini qayta sotib oliş böyiça muzokara boşlagan. Bu haqda turk naşri Nefes malum qildi. Biroq tomonlar hozirça rasmiy munosabat bildirmadi.
Malum qilinişiça, dunyo böylab ortib borayotgan keskinlik sabab davlatlar havo hujumidan mudofaa salohiyatini mustahkamlaşga harakat qilmoqda. Ammo bozorning eng muhim iştirokçilaridan biri hisoblangan Rossiyada ortiqça tizimlar mavjud emas. Şu bois mamlakat turklarga berilgan, biroq faol işlatilmayotgan S-400 tizimlarini qaytarib, uçinçi mamlakatlarga sotişni rejalaştirayotgan bölişi mumkin.
Turkiya “Pölat gumbaz” tizimiga tayanmoqda
Anqara mahalliy “Pölat gumbaz” havo mudofaa tizimi ustida faol işlayapti. Dastlabki kompleks allaqaçon qurolli kuçlarga yetkazib berilgan. Bu mamlakatga rus qurollarini qaytariş imkonini beradi.
Turkiyaning “Pölat gumbaz” havo mudofaa tizimi
2017-yili Turkiya Qöşma Ştatlarning Patriot havo mudofaa tizimlarini sotib oliş uçun muvaffaqiyatsiz urinib kördi. Şundan söng Anqara Moskvaga yuzlanib, 2019-yili S-400 tizimlarini xarid qildi. Ammo kelişuv amerikaliklar bilan munosabatlarni sovuqlaştirdi. Vaşington turklarni F-35 dasturidan çiqarib, qator sanktsiyalar qölladi.
Çeklovlar Bayden mamuriyati davrida ham öz kuçida qoldi. AQŞ Kongressi Turkiya harbiy havo kuçlarining F-16 qiruvçilarini modernizatsiyadan ötkazişga ruxsat bergan bölsa-da, F-35 muammosiga yeçim topilmadi.
Nefes naşri tarqatgan xabar Turkiyaning S-400 tizimlari taqdiri yana kun tartibiga qaytganidan dalolat qiladi. Avval ham tomonlar örtasidagi munosabatlarni iliqlaştirişga tösqinlik qilayotgan mazkur omil bir neça bor muhokama qilingan.
Jumladan, 2023-yili Turkiyaning öşa paytdagi taşqi işlar vaziri Mevlut Çavuşöğli Vaşington Anqaradan S-400 tizimlarini Ukrainaga yuborişni söraganini aytgandi.
“Amerika bizdan S-400 tizimlarini Ukrainaga yuborişni söradi, biz esa rad javobini berdik”, — degan edi Çavuşöğli.
Nefes naşri tarqatgan xabar Turkiyaning S-400 tizimlari taqdiri yana kun tartibiga qaytganidan dalolat qiladi. Avval ham tomonlar örtasidagi munosabatlarni iliqlaştirişga tösqinlik qilayotgan mazkur omil bir neça bor muhokama qilingan. Jumladan, 2023-yili Turkiyaning öşa paytdagi taşqi işlar vaziri Mevlut Çavuşöğli Vaşington Anqaradan S-400 tizimlarini Ukrainaga yuborişni söraganini aytgandi.
“Amerika bizdan S-400 tizimlarini Ukrainaga yuborişni söradi, biz esa rad javobini berdik”, — degan edi Çavuşöğli.