USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Ukrainaga qurol beriş qoidalarini özgartiradi – CNN

485 марта

AQŞ Ukrainaga qurol beriş qoidalarini özgartiradi – CNN

AQŞ Mudofaa vazirligi yaqinda öz siyosatiga özgartirişlar kiritib, Ukrainaga berilgan qurollarni yana AQŞ omborlariga qaytarib oliş huquqiga ega böldi. Bu haqda mazkur qaror mazmunidan xabardor tört manbaga tayanib, CNN xabar xabar berdi.

Malum qilinişiça, tegişli memorandumni Pentagon siyosiy bölimi rahbari Elbrij Kolbi ötgan oy imzolagan. CNN’ning izohiça, bu çoradan kelib çiqib, ilgari Kiyevga yordam sifatida ajratilgan milliardlab dollarlik qurollar AQŞning kamayib qolgan qurol zahiralarini töldirişga yönaltirilişi mumkin.

Yangi qoidalar Amerika Mudofaa vazirligiga Kongress tomonidan moliyalaştiriladigan va “Ukraina xavfsizligini qöllab-quvvatlaş taşabbusi” (USAI) deb ataladigan dastur doirasida aynan Ukraina uçun işlab çiqarilgan qurollarni ham qaytarib oliş imkonini beradi.
CNN manbalarining aytişiça, hozirça bu memorandum asosida qurol qaytarib oliş holatlari bölmagan, biroq agar şunday voqea yuz bersa, bu Kiyevni milliardlab dollarlik quroldan mahrum qilişi mumkin.

Telekanalning qöşimça qilişiça, hujjat doirasida Pentagon AQŞ qurol zahiralarini “qizil”, “sariq” va “yaşil” toifalarga ajratgan. “Qizil” va “sariq” kategoriyalar qurol zahirasi yetarli emasligini bildiradi va ularni yetkazib beriş faqat Pentagon rahbarining şaxsan tasdiğidan söng amalga oşiriladi. Malum bölişiça, Kiyevga möljallangan Patriot zenit-raketa tizimlari uçun raketalar va ayrim boşqa qurollar “qizil kategoriya”ga kiritilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: