USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yevropa davlatlari Ukrainaga qurol berişga 486 mln dollar ajratmoqçi

194 марта

Yevropa davlatlari Ukrainaga qurol berişga 486 mln dollar ajratmoqçi

Norvegiya, Şvetsiya va Daniya hukumati Ukrainaga AQŞdan qurol xarid qiliş uçun 486 million dollar ajratmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, bu davlatlar NATO tomonidan muvofiqlaştirilayotgan AQŞ taşabbusi doirasida Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib beriş xarajatlarini qoplaşga kelişgan. Umumiy hisobda ular 5 milliard Norvegiya kroni (taxminan 486 million dollar) miqdorida mablağ ajratadi.

Şvetsiya Mudofaa vaziri Pol Yonson ham bugun, 5 avgust kuni matbuot anjumani ötkazib, aynan şu masalaga töxtalgan.
Uning aytişiça, Şvetsiya uşbu taşabbus doirasida 275 million dollar ajratişi rejalaştirilgan. 
“Uşbu taşabbus NATO tomonidan muvofiqlaştirilmoqda. Şvetsiyaning yordami Ukrainaning özini himoya qiliş salohiyatini mustahkamlaş uçun zudlik bilan taqdim etiladi. Qurol-yaroğ yetkazib beriş kelasi oydayoq boşlanadi. Bu Ukrainaning mudofaa qobiliyati uçun juda muhim, şuningdek, transatlantik hamkorlikni mustahkamlaşda strategik ahamiyatga ega”, degan vazir. 
Malumotlarga köra, 2025 yilning fevralidan beri Şvetsiya Ukrainaga jami 92,8 milliard krona (9,58 milliard dollar) miqdorida yordam ajratgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: