“Turkiya F-35 qiruvçilarini oliş uçun S-400 tizimlaridan voz keçişga tayyor” – Tom Barrak
5-12-2025, 21:28
138 марта

“Turkiya F-35 qiruvçilarini oliş uçun S-400 tizimlaridan voz keçişga tayyor” – Tom Barrak
Turklar AQŞdan F-35 “beşinçi avlod“ qiruvçilarini sotib oliş uçun Rossiyada işlab çiqarilgan S-400 zenit-raketa tizimlaridan voz keçişga tayyor. Bu haqda Qöşma Ştatlarning Turkiyadagi elçisi Tom Barrak malum qilgan.Diplomatning sözlariga köra, Anqara olti yil avval Rossiyadan sotib olingan S-400 tizimlaridan foydalanmay, omborlarda saqlayapti. Biroq turklar ixtiyorida bunday komplekslarning mavjudligi Anqara–Vaşington munosabatlarida muammolarni keltirib çiqarmoqda.
“Men uşbu masala yaqin tört–olti oy içida hal bölişiga işonaman”, degan Barrak Abu-Dabi mezbonlik qilgan konferentsiyada.

Öşanda Oq uy öz qarorini ruslar S-400 tizimidan F-35 qiruvçilarining sirlarini öğirlaşda foydalanişi mumkinligini bilan izohlagan edi. Şunga qaramay, oradan ikki yil ötib Turkiya zenit-raketa tizimlarini qabul qilib oldi. Boisi ular mamlakatda Suriya va Iroqdan kelayotgan tahdidlardan himoyalaniş uçun zarur edi.
Tom Barrakning Turkiya S-400 tizimlaridan foydalanmayotgani haqidagi davolari yangilik emas. 2024-yili mahalliy Cumhuriyet gazetasi ham ular jangovar navbatçilikka qöyilmagani, balki omborlarda saqlanayotgani haqida yozib çiqqan.
