Erdöğan Turkiyaning Yevropadan ajratib qöyilganiga norozilik bildirdi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan NATO davlatlari örtasida mudofaa sanoati sohasidagi çeklovlarni bekor qilişga çaqirdi va Anqaraning Yevropa xavfsizlik taşabbuslarida töliq iştirok etişi kerakligini aytdi. Bu haqda u Anqaradagi NATO sammiti oçilişida sözlagan nutqida gapirdi.
“Ittifoqçilar örtasida mudofaa sohasidagi hamkorlikka, ayniqsa mudofaa sanoatiga qöyilgan çeklovlar bekor qilinişi kerak. Aql va mantiqqa asoslangan hamkorlik modeli mavjud bir paytda Yevropa Ittifoqiga azo bölmagan ittifoqçilarni çetlatiş Yevropada suniy bölinişlarga olib keladi”, deydi Erdöğan.
U Turkiya 2030 yilgaça NATOning yalpi içki mahsulotning 5 foizini mudofaaga sarflaş böyiça maqsadiga erişiş yölida ekanini bildirgan. Prezidentning aytişiça, mamlakat NATOning havo va raketaga qarşi mudofaa salohiyatini kuçaytiriş maqsadida “Steel Dome” (“Temir gumbaz”) havo mudofaa loyihasi uçun qöşimça 24 milliard AQŞ dollari ajratgan.
Şuningdek, u ittifoqçilar alyans birdamligiga putur yetkazmagan holda umumiy mudofaa uçun köproq masuliyatni öz zimmasiga olişi lozimligini takidlagan.
Qayd etiş joiz, NATOda AQŞdan keyingi ikkinçi eng yirik armiyaga ega Turkiya sönggi yillarda qurol-yaroğ işlab çiqariş va eksport qiliş sohasida muhim öyinçiga aylandi. Anqara bir neça bor SAFE kabi Yevropa xavfsizlik taşabbuslariga qöşiliş istagini bildirgan bölsa-da, siyosiy va siyosatga oid kelişmovçiliklar sababli hozirgaça bu jarayondan çetda qolmoqda.
Eslatib ötamiz, keça, 7 iyul kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Erdöğan bilan birga çiqiş qilib, Turkiyaga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalarni bekor qilişini va mamlakatga F-35 qiruvçi samolyotlarini sotiş masalasi böyiça qaror qabul qilişini aytgan edi. Biroq har ikki qaror ham AQŞ Kongressida qarşilikka uçraşi mumkin.