USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

NATO yetakçilari Anqarada yiğiladi

63 марта
НАТО етакчилари Анқарада йиғилади

Kelasi hafta, 7–8 iyul kunlari Turkiya poytaxti Anqarada NATOga azo davlatlar rahbarlarining sammiti bölib ötadi. Unda AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham iştirok etadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Sammit davomida alyans içidagi sönggi kelişmovçiliklarni bartaraf etiş, mudofaa xarajatlarini oşiriş hamda Ukrainani qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilinadi.

Qayd etilişiça, sammit AQŞ va Yevropa davlatlari örtasida Eron mojarosi, Grenlandiya masalasi hamda Vaşingtonning NATO oldidagi majburiyatlarini qisqartiriş haqidagi bayonotlari ortidan yuzaga kelgan keskin bir davrga töğri kelmoqda. Yevropa davlatlari esa Tramp mamuriyatiga qita mudofaasi uçun köproq masuliyatni öz zimmasiga olayotganini namoyiş etişga urinmoqda.

NATO Boş kotibi Mark Ruttening aytişiça, sammitning asosiy maqsadi qöşimça mudofaa xarajatlarini amaliy harbiy salohiyatga aylantiriş va alyansning mudofaa sanoatini kengaytirişdan iborat.

“Kelasi haftadagi sammit qöşimça xarajatlarni jangovar salohiyatga aylantiriş va mudofaa sanoatini sezilarli darajada kengaytirişga qaratiladi”, degan Rutte.

Uning takidlaşiça, NATO AQŞ, Kanada va Yevropa davlatlarini birlaştirgan harbiy-siyosiy alyans bölib qoladi, biroq Yevropa davlatlari va Kanada qita mudofaasi uçun tobora köproq masuliyatni öz zimmasiga olmoqda.

Sammit yakunida azo davlatlar Rossiya tahdidiga qarşi mudofaa xarajatlarini oşiriş böyiça majburiyatlarini yana bir bor tasdiqlaşi, şuningdek, Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib berişni moliyalaştirişni davom ettirişga vada berişi kutilmoqda.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan mezbonligidagi rasmiy tadbirda iştirok etadi. Erdöğan sammit doirasida Donald Tramp bilan ham ikki tomonlama muzokara ötkazişi rejalaştirilgan.

Tramp yaqinda Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida AQŞ NATO davlatlarini himoya qiliş uçun katta mablağ sarflayotgani, biroq buning evaziga heç qanday foyda körmayotganini takidlagan.

Şunga qaramay, NATO rahbariyati alyans AQŞ xavfsizligi uçun ham muhim ahamiyatga ega ekanini, Yevropa davlatlari esa mudofaa xarajatlarini oşiriş böyiça Vaşingtonning uzoq yillik talablarini bajarişga kirişganini qayd etmoqda.

“NATO yaşab turibdi, ammo biroz jarohatlangan”, degan ismi oşkor etilmagan yevropalik diplomat.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pentagon rahbari Pit Xegset Bryusselda bölib ötgan NATO mamlakatlari mudofaa idoralari rahbarlarining uçraşuvida alyansni tanqid qilib, taşkilotni qayta işga tuşirişga – “NATO 3.0”ni yaratişga çaqirgan edi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: