USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Paxta qöyiş” va muloyim etirozlar: Ryuttening Tramp bilan uçraşuvi qanday ötdi?

82 марта
“Пахта қўйиш” ва мулойим эътирозлар: Рюттенинг Трамп билан учрашуви қандай ўтди?

NATO Boş kotibi Mark Ryutte keça, 24 iyun kuni Oq uyda AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuvda maqtov va muloyim etirozlar orqali Tramp bilan NATO örtasidagi taranglikni yumşatişga urindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

NATO rahbari iyul oyida Anqarada bölib ötadigan muhim NATO sammiti arafasida Eron uruşi va AQŞning Yevropadagi harbiy iştirokini qisqartiriş tahdidlari tufayli yuzaga kelgan kelişmovçiliklarni yumşatiş maqsadida Vaşingtonga taşrif buyurgan.
 
Uzoq yillar davomida NATOni tanqid qilib kelgan va alyansni “qoğoz yölbarsi” deb atagan Tramp ittifoqçilarning Yaqin Şarq mojarosida AQŞni qöllab-quvvatlamaganidan hamda 28 fevralda AQŞ va Isroilning Eronga qarşi hujumlari oqibatida izdan çiqqan Hormuz böğozidagi qatnovni tiklaşga yordam bermaganidan norozi bölib kelayotgan edi.
 
Oval kabinetdagi uçraşuv çoğida Ryutte diagrammalar yordamida NATO davlatlari Trampning birinçi prezidentlik muddati boşlangan 2017 yildan buyon mudofaa xarajatlarini qançalik oşirganini namoyiş qilgan. U şuningdek, uruş davomida minglab AQŞ samolyotlari Yevropadagi bazalardan havoga kötarilganini takidlab, buni ittifoqçilarning amaliy yordami sifatida körsatgan.

Biroq Italiya bu fikrga qarşi çiqib, Rim faqat texnik va logistik parvozlarga ruxsat berganini ham bildirgan.

“Siz juda xafa bölgan ayrim alohida holatlar bölganini bilaman, ammo umuman olganda, yevropalik ittifoqçilaringiz siz bilan birga böldi”, degan Ryutte.

Tramp esa bu fikrga töliq qöşilmagan köringan va bazi paytlarda Ryuttening sözlarini bölib, unga qarşi fikr bildirgan. Şu bilan birga, u NATO rahbarining faoliyatini yuqori baholagan.

“Siz haqiqatan ham yaxşi iş qildingiz. Rostini aytsam, agar bu lavozimda boşqa kimdir bölganida, ehtimol biz bugun uçraşmagan ham bölardik, çunki biz köp bor umidsizlikka uçradik”, degan Tramp.

Tramp ötgan yili prezidentlikka qaytganidan buyon Ryuttening asosiy vazifalaridan biri AQŞ rahbarining NATOga nisbatan salbiy munosabatini boşqariş va Grenlandiyani qöşib oliş haqidagi bahslar kabi keskin masalalarning çuqur inqirozga aylanib ketişining oldini oliş bölib kelmoqda.

Vaşington va NATO örtasidagi ziddiyat

Sönggi oylarda Vaşington va NATO örtasidagi munosabatlar yanada taranglaşgan. NATO mamlakatlari Trampning Eronga qarşi, oldindan maslahatlaşuvsiz boşlangan harbiy kampaniyasini qöllab-quvvatlaşdan boş tortgaç, AQŞ Prezidenti mamlakatining NATOning özaro mudofaa majburiyatlariga sodiq qolişi kerak yoki kerakmasligini oçiqçasiga savol ostiga qöygan va alyansdan çiqiş imkoniyatini körib çiqayotganini bildirgandi.
 
Yana bir bahsli masala – Vaşingtonning Yevropa öz xavfsizligi uçun köproq masuliyat olişi kerakligi haqidagi talablari bölmoqda. AQŞ mamuriyati Yevropa mamlakatlarining Amerika harbiy kuçlariga haddan taşqari qaramligi “soğlom bölmagan hamkorlik”ni yuzaga keltirgan deb hisoblamoqda.
 
AQŞ Mudofaa vaziri Pit Xegset ötgan hafta NATO yiğilişida “bepul foydalanuvçi” ittifoqçilarini qattiq tanqid qildi va Yevropadagi AQŞ qöşinlarining joylaşuvini olti oylik qayta körib çiqiş boşlanişini malum qildi. Bu jarayon amerikalik harbiylar sonining qisqarişiga olib kelişi mumkin.
 
Bundan taşqari, AQŞ inqiroz holatida NATOning ixtiyoriga berilişi mumkin bölgan harbiy imkoniyatlar hajmini ham qisqartirgan. Bu esa alyans azolarini yuzaga kelgan böşliqlarni qanday töldiriş masalasi ustida boş qotirişga majbur qilmoqda.
 

Iyul sammiti oldidan xavotirlar

NATO 7–8 iyul kunlari Anqarada bölib ötadigan sammitga misli körilmagan bosim va noaniqlik şaroitida kirib bormoqda. Ayrim Yevropa davlatlari Vaşington alyansdan butunlay çiqib ketişi mumkinligidan xavotirda. Bunday qadam NATO kelajagini jiddiy savol ostida qoldirişi mumkin.
 
Uçraşuvdan keyin jurnalistlar bilan muloqot qilgan Ryutte Trampni NATOga sodiq rahbar sifatida tasvirlagan. Biroq Tramp oldinroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan mezbonlik qilmaydigan bölsa, sammitda iştirok etişiga şubha bilan qarayotganini aytgandi.

“Oxirgi ikki oy davomida turli mamlakatlar bilan boşdan keçirgan holatlarimizdan keyin... köpçilik uçun men bunday qilmagan bölardim”, degan Tramp.

U ayniqsa Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya va Ispaniyadan köngli qolganini aytgan, Polşa esa maqtovga sazovor bölgan.
 
Ötgan yili Gaagada bölib ötgan sammitda NATO davlatlari Tramp talab qilgan mudofaa xarajatlarini keskin oşiriş rejasini maqullagan va ön yil içida yalpi içki mahsulotning 5 foizini mudofaa hamda xavfsizlik bilan boğliq ehtiyojlarga sarflaş majburiyatini olgan edi. Biroq Yevropa davlatlarining barçasi ham bu maqsad sari bir xil suratda harakatlanayotgani yöq.
 
Tramp Boş kotib bilan uçraşuvda yana mablağ yetişmasligi haqidagi noroziligini bildirganida, Ryutte Germaniyaning 2021–2029 yillar oraliğida mudofaa xarajatlarini ikki barobar oşiriş rejasi, şuningdek, Niderlandiya, Polşa, Skandinaviya va Boltiqböyi davlatlarida rejalaştirilgan katta ösişlarga etibor qaratgan.

“Bu masalada vaziyat har xil, ammo ularning aksariyati öz uluşini qöşmoqda. Va aynan mana şu inson tufayli alyans ança kuçliroq böldi”, degan Ryutte Trampga işora qilib.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron uruşi masalasida respublikaçi senatorlar bilan uçraşgan edi. Yopiq yiğilişda Tramp senator Bill Kessidi bilan bahslaşib ketgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: