NATO Trampga Grenlandiya böyiça yangi kelişuv taklif qildi – CNN
20-01-2026, 23:31
361 марта

NATO Trampga Grenlandiya böyiça yangi kelişuv taklif qildi – CNN
NATO Boş kotibi Mark Ryutte AQŞ Prezidenti Donald Trampga Grenlandiya masalasi böyiça yangi kelişuv taklif qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Taklif Grenlandiyani AQŞ tarkibiga qöşib oliş rejasini bekor qilib, 1951 yildan beri amal qilayotgan Mudofaa şartnomasini qayta körib çiqişni, Xitoy investitsiyalariga nisbatan çeklovlar örnatişni nazarda tutadi. Ryutte özining diplomatik taşabbusi bilan ittifoqçilar örtasidagi tarang munosabatlarni bir qadar yumşatişga, mojaro va uruşlarning oldini olişga harakat qilgan.
CNN manbalarining xabar berişiça, Tramp bilan yaqin munosabatda bölgan 3 yevropalik rahbar – Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer, NATO Boş kotibi Mark Ryutte va Italiya Boş vaziri Jorja Meloni masalani telefon orqali tinç yöl bilan hal etişga harakat qilgan. Ryutte şuningdek, Daniyani qöşimça harbiy kuç yubormaslikka çaqirgan.
Grenlandiya Daniya Qirolligining avtonom hududi hisoblanadi. Tramp bir neça bor uni AQŞ tarkibiga qöşib oliş niyati borligini bildirgan. Sabab sifatida Rossiya va Xitoy tarafdan kelişi mumkin bölgan xavflarni körsatgan. Ammo “Financial times” naşrining NATO razvedkasiga tayanib xabar berişiça, oxirgi yillarda Grenlandiya sohillarida Rossiya va Xitoy kemalarining harakati kuzatilmagan.
Grenlandiya Boş vaziri Yens-Frederik Nilsen orol Daniyaning bir qismi bölib qolişini aytgan. Yevropa Ittifoqi esa Trampning boj tahdidlariga javoban çora-tadbirlarni körib çiqmoqda. AQŞ bilan razvedka malumot almaşişni çeklagan.