Tramp grenlandiyaliklarga 100 ming dollardan bermoqçi
9-01-2026, 22:39
110 марта

Tramp grenlandiyaliklarga 100 ming dollardan bermoqçi
AQŞ rasmiylari Grenlandiya aholisiga bir martalik tölovlarni amalga oşirişni muhokama qilgan va bu orqali ularni Daniyadan ajralib çiqişga hamda AQŞga qöşilişiga işontirmoqçi. Bu haqda vaziyat bilan taniş manbalarga tayanib, “Reuters” naşri xabar berdi.Qayd etilişiça, hali aniq tölov miqdori va logistika belgilanmagan bölsa-da, Oq uy vakillari hamda boşqa rasmiylar bir kişiga 10 ming dollar dan 100 ming dollargaça tölovni muhokama qilgan. AQŞ bu taklifni hududni Daniyadan tortib oliş uçun körib çiqmoqda. Kopengagen va Nuuk rasmiylari esa Grenlandiyaning sotuvga qöyilmasligini takidlamoqda.
Biroq bu uzoq yillardan beri mustaqillik va Daniyaga qaramlikni muhokama qilib kelayotgan Grenlandiya aholisi uçun bu haddan taşqari tahqirlovçi taklif tarzda qabul qilinişi mumkin.
Malumki, Kopengagen va Yevropa yetakçilari Donald Tramp va boşqa Oq uy rasmiylarining Grenlandiya haqidagi izohlariga norozi munosabat bildirgan, Jumladan, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Polşa, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Daniya birgalikda bayonot berib, Grenlandiya va Daniya özaro aloqalarni faqat özlari hal qilişi mumkinligini takidlagan.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt matbuot anjumanida Tramp va uning milliy xavfsizlik böyiça yordamçilari “potentsial xarid qanday bölişini körib çiqayotganini” tasdiqlagan. Rubio esa Grenlandiya masalasida navbatdagi haftada Daniya hamkasbi bilan Vaşingtonda uçraşişini aytgan.
Oq uy içidagi manbalarning aytişiça, bir martalik tölovlar böyiça muhokamalar yangi emas, lekin sönggi kunlarda jiddiylaşgan va 100 ming dollarlik tölov – jami 6 milliard dollar real imkoniyat sifatida körilmoqda.
Oq uy rasmiysining sözlariga köra, Trampning yordamçilari Grenlandiya bilan Erkin assotsiatsiya şartnomasini (COFA) tuzişni ham muhokama qilmoqda.