Tramp ayrim işçilar vizasi uçun 100 ming dollarlik tölov joriy etdi
21-09-2025, 06:06
125 марта

Tramp ayrim işçilar vizasi uçun 100 ming dollarlik tölov joriy etdi
Farmonga köra, endilikda dasturda iştirok etiş uçun ariza topşirişda 100 ming dollar miqdorida yiğim undiriladi. Agar tölov amalga oşirilmasa, H-1B dasturi orqali AQŞga kiriş taqiqlanadi.
Bungaça H-1B dasturi böyiça turli yiğimlarning umumiy summasi taxminan 1500 dollarni taşkil etardi. “Bloomberg”ning yozişiça, yangi tölov mavjud yiğimlarga qöşiladi.
Islohotdan eng köp zarar köradigan soha texnologiya sohasi bölişi kutilmoqda, çunki u H-1B vizalariga katta darajada tayanadi. “Reuters”ning qayd etişiça, uşbu dastur doirasida Amerika kompaniyalari Hindiston va Xitoydan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilardi.
Microsoft, JPMorgan va Amazon kompaniyalari xodimlariga H-1B vizalari bölsa, AQŞni tark etmaslikni tavsiya qilgan. Mamlakat taşqarisiga çiqqanlarga esa imkon qadar tezroq – joriy yilning 21 sentyabrida yangi qoidalar kuçga kirişidan oldinroq qaytib kelişni maslahat berişgan.
Trampning boşqa bir farmoniga köra, xorijiy fuqarolarga tezlaştirilgan tartibda bir million dollar evaziga mamlakatda yaşaş huquqini beruvçi Trump Gold Card (“Tramp oltin kartasi”) taqdim etiladi. Beş million dollar evaziga esa Trump Platinum Card (“Tramp platin kartasi”)ni oliş mumkin böladi. U AQŞda yaşaş huquqini beradi va egalarini mamlakat taşqarisida olingan daromadlar uçun soliqdan ozod etadi.