Tramp 1 mln dollarlik oltin kartasini joriy qildi
20-09-2025, 15:28
92 марта

Tramp 1 mln dollarlik oltin kartasini joriy qildi
AQŞ hukumati xorijiy fuqarolarga mamlakatda yaşaş huquqini tezlaştirgan tartibda beradigan Trump Gold Card (“Trampning oltin kartasi”) dasturini işga tuşirdi. Bu haqda farmon keça, 19 sentyabr kuni şaxsan mamlakat Prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolandi.Farmonga köra, xorijliklarga mamlakatda yaşaş huquqi Trump Gold Card orqali tezlaştirilgan tartibda 1 million dollar evaziga beriladi.
Trampning takidlaşiça, yangi dastur AQŞ uçun “juda muvaffaqiyatli” va “sermahsul” böladi. Odamlar keliş uçun katta mablağ sarflaydi va bu orqali mamlakat byudjetiga milliardlab dollar kirib keladi. Bu mablağlar soliqlarni kamaytirişga, davlat qarzini yopişga va boşqa foydali işlar uçun yönaltiriladi.
Oq uydagi marosimda Trampning yordamçilari dastur xorijiy fuqarolarga maxsus viza oliş imkonini berişini aytgan. Ular AQŞni 1 million dollar bilan qöllab-quvvatlasa, tezlaştirilgan tartibda yaşaş huquqi oladi. Şuningdek, Amerika kompaniyasi ham özining xorijiy xodimiga yaşaş huquqi berilişi uçun hukumatga 2 million dollar tölaş imkoniyatiga ega böladi. Dastur doirasida “Trump Platinum Card” (“Tramp Platina Kartasi”) ham joriy etilgan bölib, uni oliş uçun 5 million dollar tölaş kerak. Bu kartaga ega bölganlar çet elda topilgan daromadlari uçun AQŞda soliq tölamaydi.
AQŞ Savdo vaziri Govard Lutnikning aytişiça, mazkur taşabbus mamlakatga biznes yaratadigan va amerikaliklarga iş örinlari taqdim etadigan boy investorlarni jalb etadi. Unga köra, dastur orqali AQŞ byudjetiga 100 milliard dollardan ortiq mablağ tuşişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, Tramp H-1B turkumidagi vizalar böyiça ham yangi qoidalarni imzoladi. Uşbu viza orqali AQŞ kompaniyalari xorijiy mutaxassislarni yollaşi mumkin. Endilikda kompaniyalar bu imkoniyatdan foydalaniş uçun 100 ming dollar tölaşi kerak böladi.