USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonning “oltin viza”si narxi 250 ming dollar böladi

453 марта

Özbekistonning “oltin viza”si narxi 250 ming dollar böladi

Özbekistonda joriy yil 1 iyundan boşlab xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga 250 ming AQŞ dollari evaziga Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi beriladi. Bu haqda Özbekiston Prezidentining joriy yil 18 aprel kuni qabul qilingan “Işlab çiqariş, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rağbatlantiriş, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida söz boradi.

Farmon bilan investitsiyalarni rağbatlantiriş maqsadida joriy yil 1 iyundan boşlab xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga 250 ming AQŞ dollari hamda ularning har bir oila azosiga (turmuş örtoği, farzandi va ota-onasi) 150 ming AQŞ dollari miqdoridagi tölovlar evaziga Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi 5 yil muddatga soddalaştirilgan tartibda beriladi.


Eslatib ötamiz, avvalroq Adliya vazirligi mazkur farmonda xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga 200 ming AQŞ dollari hamda ularning har bir oila azosiga (turmuş örtoği, farzandi va ota-onasi) 100 ming AQŞ dollari miqdoridagi tölovlar evaziga 2025 yil 1 iyundan Özbekistonda yaşaş guvohnomasi 5 yil muddatga soddalaştirilgan tartibda berilişi belgilanganini xabar qilgan edi. Farmon rasmiy portalda elon qilingaç, vazirlik ham 19 aprel kuni elon qilingan xabarini tahrirlab qöydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: