AQŞga kiriş qimmatlaşadi: ayrim sayyoh va biznesmenlar uçun qöşimça viza garov puli joriy etilişi mumkin
5-08-2025, 12:44
347 марта
AQŞga kiriş qimmatlaşadi: ayrim sayyoh va biznesmenlar uçun qöşimça viza garov puli joriy etilişi mumkinAQŞ Davlat departamenti ayrim xorijiy sayyohlar va biznes maqsadida mamlakatga keluvçi fuqarolardan 15 ming dollargaça viza garov puli olişni rejalaştirmoqda. Bu haqda The Guardian naşri xabar berdi.
Malumotga köra, mazkur dastur mamlakatda belgilangan muddatdan ortiq qolib ketiş holatlarini kamaytirişga qaratilgan. Bu taklif ilk bor AQŞ prezidenti Donald Trampning birinçi muddatida — 2020 yil noyabrda ilgari surilgan edi. Öşanda ortiqça qoliş ehtimoli 10 foiz va undan yuqori bölgan, asosan Afrika davlatlari fuqarolaridan 15 ming dollargaça garov puli oliş taklif qilingandi. Biroq dastur amalda işga tuşirilmagan.
Hozirda taklif etilayotgan 12 oylik sinov dasturi 5 avgust kuni rasman elon qilinişi rejalaştirilgan. Garov puli faqat sayyohlik va biznes vizasi egalariga taalluqli böladi.
Dastur kuçga kirişidan kamida 15 kun oldin uşbu talab qöllaniladigan davlatlar röyxati Travel.State.Gov saytida elon qilinadi. Uşbu röyxat vaqt ötişi bilan özgarişi mumkin.
AQŞ Içki xavfsizlik departamenti qoidalariga köra, agar sayyoh mamlakatni öz vaqtida tark etsa, undan olingan garov puli töliq qaytarib beriladi. Şuningdek, fuqarolik olgan yoki vafot etgan holatlarda ham pul qaytariladi.
Davlat departamenti takidlaşiça, davlatlar röyxatini şakllantirişda «ortiqça qoliş holatlari, fuqarolik olişda xavfsizlik nuqsonlari va AQŞ taşqi siyosatiga oid omillar» inobatga olinadi.
Şu bilan birga, Tramp mamuriyati migratsiya siyosatida qattiq çoralar körişni davom ettirmoqda. Jumladan, prezident vaqtinça muhofaza maqomini bekor qilib, 12 ta davlat fuqarolariga immigratsion viza berişni töliq taqiqlagan.
Reuters agentligiga köra, Çad, Eritreya, Gaiti, Myanma va Yaman mamlakatlari AQŞda ortiqça qoliş ehtimoli yuqori bölgan davlatlar sirasiga kiradi. Şuningdek, Burundi, Jibuti va Togo ham röyxatda qayd etilgan.
Bundan taşqari, AQŞ diplomatik vakolatxonalariga xorijiy talabalarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini tekşiriş böyiça yangi körsatmalar berilmoqda. Agar talabalar öz profillarini omma uçun oçişdan boş tortsa, ular şubhali deb baholanişi mumkin.