Gurlanlik ota aliment puli örniga farzandlariga Urganç şahridan tört xonali uy sovğa qildi
5-07-2025, 12:35
316 марта
Gurlanlik ota aliment puli örniga farzandlariga Urganç şahridan tört xonali uy sovğa qildiXorazm viloyati, Gurlan tumanida yaşovçi ota ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining 18 yoşga qadar bölgan davri uçun tölanişi lozim bölgan aliment puli örniga özining nomida bölgan umumiy maydoni 73,3 kv.metrdan iborat kvartirani sovğa qildi.
Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Gurlan tumani bölimi iş yurituvidagi fuqarolik işlari böyiça Şovot tumanlararo sudining buyruğiga asosan qarzdor X.Yuldaşevdan undiruvçi N.Törayeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy taminoti uçun aliment undiriş belgilangan.
Byuroning Gurlan tumani bölimi davlat ijroçisi tomonidan qarzdorga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alimentlarni oldindan tölaş, şuningdek, aliment tölaş majburiyatini taminlaş böyiça garov şartnomasini tuziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi Qaroriga asosan voyaga yetmagan bolalar taminoti uçun alimentlarni oldindan tölaş imkoniyati mavjudligi tuşuntirilgan.
Davlat ijroçisining olib borgan ijro harakatlari, şuningdek, tuşuntiriş işlari samara berib, tomonlarning özaro kelişuviga köra, ota öz farzandlarining 18 yoşga tölguniga qadar belgilangan aliment tölovi uçun Urganç şahrida joylaşgan köp qavatli uydagi 73,3 kv.metr bölgan kvartirani öğlining nomiga notarial tartibda rasmiylaştirib berdi.