Xorazmda çetga çiqiş istagidagi ota 5 yillik 143 mln sömlik aliment pullarini töladi
3-07-2025, 12:27
270 марта
Xorazmda çetga çiqiş istagidagi ota 5 yillik 143 mln sömlik aliment pullarini töladiFuqarolik işlari böyiça Şovot tumanlararo sudining 23.01.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor R.R.dan undiruvçi Ş.N.ning foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taminoti uçun 1/3 qism miqdorida aliment undiriş belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Qöşköpir tumani bölimi tomonidan ijroni taminlaş maqsadida qarzdor R.R.ning Özbekiston Respublikasidan çetga çiqiş huquqlari tegişli qonun talablariga köra çeklab qöyilgan edi.
Şu sababli, xorijga çiqiş istagida yurgan otaga davlat ijroçisi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-son Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan tölaş, şuningdek, aliment tölaş majburiyatini taminlaş böyiça garov şartnomasini tuziş tartibi töğrisida”gi Nizomning 9-bandida alimentlarni beş yildan kam bölmagan muddat uçun oldindan tölaş mumkinligi tuşuntirilgan.
Şunga köra, ijro hujjati böyiça qarzdor ota farzandlari moddiy taminoti uçun 5 yillik 143.226.000 söm aliment pullarini oldindan töladi hamda qarzdorga nisbatan qöllanilgan barça çeklov çoralari bekor qilindi.