Urgançlik aliment tölovçi ona aliment puli örniga farzandlariga uy sovğa qildi
20-06-2025, 09:10
713 марта
Urgançlik aliment tölovçi ona aliment puli örniga farzandlariga uy sovğa qildiXorazm viloyati, Urganç tumanida yaşovçi ona uç nafar farzandlarining 18 yoşga qadar bölgan davri uçun tölanişi lozim bölgan aliment puli örniga umumiy yer maydoni 689 kv.metr bölgan uyni sovğa qildi.
Majburiy ijro byurosining Urganç tumani bölimi iş yurituvidagi fuqarolik işlari böyiça Urganç tumanlararo sudining buyruğiga asosan qarzdor F.M.dan undiruvçi fuqaro A.X. foydasiga uç nafar voyaga yetmagan farzandlari uçun aliment undiriş belgilangan.
Byuroning Urganç tumani bölimi davlat ijroçisi tomonidan qarzdor bilan ötkazilgan tarğibot tadbiri davomida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alimentlarni oldindan tölaş, şuningdek, aliment tölaş majburiyatini taminlaş böyiça garov şartnomasini tuziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi Qaroriga asosan voyaga yetmagan bolalar taminoti uçun alimentlarni oldindan tölaş imkoniyati mavjudligi tuşuntirilgan.
Davlat ijroçisining olib borgan ijro harakatlari, şuningdek, tuşuntiriş işlari samara berib, tomonlarning özaro kelişuviga köra, ota öz farzandlarining 18 yoşga tölguniga qadar belgilangan aliment tölovi uçun Urganç tumani, “Turkmanlar” mahallasida joylaşgan umumiy yer maydoni 689 kv.metr bölgan uyni turmuş örtoğiga notarial tartibda rasmiylaştirib berdi.