Tezkor: AQŞning Eronga hujumi qaçongaça çözilişi aytildi
AQŞ Mudofaa vaziri Pit Xegset Amerika harbiylarini Yaqin Şarqqa joylaştiriş muddatini yaşirinça uzaytirmoqda, çunki Eronga qarşi operatsiya bu yil tugamasligi mumkin. Bu haqda “The Wall Street Journal” öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Naşrning eslatişiça, Yaqin Şarqda AQŞ Harbiy-dengiz kuçlarining 19 ta kemasi, qiruvçi samolyotlar eskadrilyasi, havo hujumidan mudofaa bölinmalari va desantçilar faoliyat yuritmoqda. Mintaqadagi uzoq muddatli joylaştiriş harbiy xizmatçilarning ahvoliga salbiy tasir körsatmoqda va harbiy texnikaga töğri xizmat körsatiş imkonini bermayapti. Gazetaning yozişiça, logistika muammolari tufayli dengizçilar yaqinlaridan xat va posilkalar olişni ança kamaytirgan, şuningdek, zaxiralarni töldiriş jarayoni ham qiyinlaşgan.
Malumotlarga köra, AQŞ rahbari Donald Tramp Tehronga qarşi harbiy harakatlar tugaganini elon qiliş ğoyasini şaxsan qöllab-quvvatlamoqda va Eron Islom Respublikasiga iqtisodiy bosim ötkaziş Vaşingtonga öz maqsadlariga erişiş imkonini beradi, deb hisoblaydi. Şunga qaramay, Yaqin Şarqda 50 ming harbiy qolmoqda, deya takidlaydi naşr.
Mojaro çözilib ketganligi sababli, harbiy xizmatçilarni joylaştiriş rejalaştirilganidan uzoqroq davom etmoqda. Qayd etilişiça, AQŞ armiyasi havo hujumidan mudofaa kuçlari harbiy xizmatçilarining jangovar joylaşuvining standart muddati 9 oydan 12 oyga oşirildi. Spruance va Delbert D Black esminetslari AQŞ harbiy operatsiyasi boşlanganidan beri Yaqin Şarqda bölib, endi ular dengiz blokadasida iştirok etmoqda va ularning ekipajlari oylab quruqlikka çiqmasdan dengizda bölib turibdi. Bundan taşqari, kelgusi yilda Yaqin Şarqda 82-havo-desant diviziyasi bölinmalari qolişi mumkin. “The Wall Street Journal” manbalariga köra, Theodore Roosevelt aviataşuvçisi mintaqaga ehtimoliy taşişga tayyorlanmoqda, uning jangovar navbatçiligi kelasi yilning bahorigaça çözilişi mumkin.