USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğistonda kuç işlatar tizimlarga vazirlar qayta tayinlandi

89 марта
Қозоғистонда куч ишлатар тизимларга вазирлар қайта тайинланди

Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Yerjon Sadenovni mamlakat Içki işlar vaziri, Davron Kosanovni esa Mudofaa vaziri lavozimiga qayta tayinladi. Bu haqda “24.kz” xabar berdi.

Qayd etilişiça, davlat rahbari tegişli farmonlarni imzolagan. Şu tariqa, Yerjon Sadenov va Davron Kosanov Qozoğistonning ikki kuç işlatar tizimiga rahbarlik qilişda davom etadi.

Malumot uçun, Yerjon Sadenov 2023 yil sentyabridan buyon Qozoğiston Içki işlar vaziri lavozimida işlab kelmoqda. U 1993 yilda S. Amanjolov nomidagi Şarqiy Qozoğiston davlat universitetini, 1998 yilda esa Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasining Qarağanda oliy maktabini tamomlagan.
Sadenov Içki işlar tizimida faoliyatini Şarqiy Qozoğiston viloyatida boşlagan. 2009–2022 yillarda u transportdagi Içki işlar departamenti, Manğistau va Aqmola viloyatlari hamda Nur-Sulton şahri politsiya departamentlarida rahbarlik lavozimlarida işlagan.

Davron Kosanov esa 2025 yil iyunidan beri Qozoğiston Mudofaa vaziri lavozimida işlab kelmoqda. U 1969 yil 14 oktyabrda Pavlodar viloyatida tuğilgan.

Kosanov Armavir oliy harbiy aviatsiya uçuvçilar bilim yurti, Yuriy Gagarin nomidagi Harbiy-havo akademiyasi hamda Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi harbiy akademiyasini tamomlagan. U harbiy xizmatini qiruvçi uçuvçi sifatida boşlagan. Keyinçalik Taldiqörğon va Çimkent şaharlaridagi aviabazalarga qömondonlik qilgan.

2013 yildan Qozoğiston Qurolli kuçlari Havo mudofaasi kuçlariga qömondonlik qilgan Kosanov 2022 yil dekabridan Boş qömondon lavozimida işlagan. 2024 yil sentyabrda Mudofaa vaziri örinbosari – Havo mudofaasi kuçlari boş qömondoni etib tayinlangan.

Qozoğistondagi uşbu tayinlovlar hukumat tarkibi yangilanayotgan davrga töğri keldi. Mamlakatda yangi parlament – Qurultoy saylanganidan keyin avvalgi hukumat istefoga çiqqan, 31 avgust kuni esa Oljas Bektenov boş vazir lavozimiga qayta tayinlangan edi.

Şu bilan birga, Qozoğistonning yangi Konstitutsiyasiga köra, Mudofaa va Içki işlar vazirlari alohida maqomga ega bölib, ularni Prezident mustaqil ravişda tayinlaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev “Adolat” partiyasi rahbari Oybek Dadaboy nomzodini yangi tuzilgan Qurultoy raisi lavozimiga taklif qilgandi va deputatlar uni yaşirin ovoz berişda bir ovozdan qöllab-quvvatlagandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: