Ogohlantiriş: 15 mln bola internetda uyatsiz kontentga duç kelgan – UNICEF
Internetda jinsiy zöravonlikka duç kelayotgan ösmirlar soni tobora ortib, har beşinçi 12-17 yaşar bola bunday holatga uçramoqda. Bu haqda UNICEF hisobotiga tayanib, “Deutsçe Welle” xabar berdi.
Qayd etilişiça, UNICEF 21 ta davlatda qariyb 21 ming nafar internetdan muntazam foydalanuvçi yoşlar örtasida sörov ötkazgan. Tadqiqotda 12-17 yoşli ösmirlar iştirok etgan. Sörov natijalariga köra, 15 milliondan ortiq bola internetda xohişidan taşqari jinsiy mazmundagi kontentga duç kelgan.
Taxminan 9 million nafar bola jinsiy mazmundagi suhbatlarga majburlangan yoki şaxsiy suratlarini yuborişga undalgan. Yana qariyb 4 million nafar bolaning jinsiy mazmundagi suratlari ularning roziligisiz tarqatilgan.
Malum qilinişiça, jabrlanganlarning 41 foizi boşidan keçirgan voqeasi haqida heç kimga aytmagan bölsa, yana ayrimlari esa bu haqda döstlari, aka-ukalari yoki onalariga murojaat qilgan. Holatlrning 1 foizidan kami huquq-tartibot idoralariga xabar qilingan.
Tadqiqotda internetdagi bunday tajovuzlarning aksariyati jabrlanuvçiga notaniş şaxslar tomonidan sodir etilmasligi ham aniqlangan. Holatlarning 57 foizida tajovuz qilgan şaxs jabrlanuvçiga avvaldan taniş bölgan. Ularning orasida döstlar, qarindoşlar va romantik munosabatda bölgan şaxslar ham bor.
UNICEF malumotlariga köra, bunday holatlarning 60 foizi asosan Facebook, WhatsApp va Instagram platformalari bilan boğliq. Şuningdek, Snapçat, TikTok va YouTube ham qayd etilgan. Sörovda iştirok etganlarning 14 foizi onlayn öyin platformalarida jinsiy zöravonlikka duç kelganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq suniy intellekt, anonimlik va samarali qonunlarning yöqligi raqamli makonda ayollarga bölgan kibertahdid va virtual zörlik xavfini oşirayotgani haqida xabar berilgan edi.