“Biz xato qildik”. Putin fuqarolik obektlariga hujumlar haqida gapirdi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin harbiy operatsiya davom etayotgan bir paytda fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar berilişining oldini olişning yagona yöli havo hujumidan mudofaa tizimini kuçaytiriş ekanini aytdi. Bu haqda u Şarqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida söz oçdi.
Putinning sözlariga köra, Rossiya tomoni qurolli mojaro şaroitida ham fuqarolik obektlari hujum nişoniga aylantirilmasligi kerak, degan qaraşdan kelib çiqqan.
“Biz bu vaziyatga nega duç keldik? Çunki fuqarolik obektlari har qanday hujum nişoniga aylanişi mumkin emas, deb hisoblagan edik. Şu manoda biz xato qildik. Afsuski, duşmanimiz boşqaça fikrlaydi”, degan Putin.
Putinga köra, Rossiya zarbalarga “közgu tamoyili” asosida javob berişga majbur bölgan, kompaniyalar esa öz korxonalarini himoya qilişga mablağ yönaltira boşlagan. Prezidentning takidlaşiça, körilayotgan çoralar allaqaçon kerakli natijalarni bermoqda.
“Biz buni davom ettiramiz. Bu kelajak uçun foydali böladi. Bu har doim xavfsizlikning malum şartlari va kafolatlarini yaratadi. Tamirlaş işlari olib borilmoqda”, deya qöşimça qilgan Prezident.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vladimir Putin Ukrainadagi hujumlar oqibatida zarar körgan logistika va omborlar siğimlarini tiklaş kerakligini aytgan edi.