Argentina Prezidenti televideniye orqali xalqiga murojaat qildi
Argentina Prezidenti Xaver Miley Folklend orollari atrofida neft qazib oliş loyihalarida iştirok etayotgan kompaniyalarga nisbatan sanktsiyalarni kuçaytiriş, mamlakat janubida mudofaa salohiyatini oşiriş va milliy suverenitetni himoya qilişga qaratilgan qonun loyihasini Kongressga kiritişini malum qildi. Bu haqda u davlat televideniyesi orqali murojaatida söz oçdi.
Miley murojaatida Argentina hukumati orollar atrofida neft va gaz qazib oliş loyihalarida iştirok etayotgan kompaniyalarga nisbatan amaldagi qonunçilik asosida jazo çoralarini tezlaştiriş böyiça farmon imzolaşini aytgan.
Uning takidlaşiça, sanktsiyalar nafaqat loyihalarda bevosita iştirok etayotgan kompaniyalarga, balki ularning aktsiyadorlari, direktorlari va yetkazib beruvçilariga ham tatbiq etiladi. Argentina hududida orollardagi loyihalarda Argentina ruxsatisiz bevosita yoki bilvosita iştirok etuvçi kompaniyalarga faoliyat yuritiş taqiqlanişi bildirilgan.
Miley, şuningdek, mamlakat janubida mudofaa resurslarini kengaytiriş böyiça favqulodda farmon çiqarilişini malum qilgan. Bu mablağlar Terra-del-Fuego viloyatida harbiy-dengiz bazasi quriş va telekommunikatsiya imkoniyatlarini kuçaytirişga yönaltiriladi.
Argentina Prezidenti Kongressga milliy suverenitetni himoya qiliş” töğrisida şoşilinç qonun loyihasini ham taqdim etişini aytgan. Hujjat orollar atrofida ruxsatsiz faoliyat uçun jazolarni kuçaytiriş, sanktsiyalarni yetkazib beruvçilarga ham tatbiq etiş va Argentina tabiiy resurslariga tasir körsatuvçi boşqa faoliyat turlarini qamrab olişni nazarda tutadi.
Mileyning aytişiça, Argentina Navitas Petroleum va Rokxopper Eksploreyşn kompaniyalari amalga oşirayotgan Sea Lion dengizdagi loyihasi yaqin oylarda neft qazib olişni boşlaşi mumkinligini aniqlagan. Prezident uşbu loyihani Argentina manfaatlari uçun “jiddiy tahdid” deb baholagan.
Mileyning sönggi bayonotlari uning Folklend orollari masalasida pozitsiyasi keskinlaşayotganini körsatmoqda. U avvalroq Buyuk Britaniya bilan munosabatlarni yaxşilaşga harakat qilgan holda, orollar böyiça bahsni diplomatik yöl bilan hal qiliş tarafdori ekanini bildirgan edi.
Malumot uçun, Folklend orollari Argentina materigidan taxminan 500 kilometr şarqda joylaşgan bölib, hozir Buyuk Britaniya nazorati ostida. Argentina orollarga nisbatan hududiy davolarini saqlab kelmoqda. Ikki davlat 1982 yilda orollar ustidan qisqa muddatli uruş olib borgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Argentina Prezidenti Xaver Miley 2026 yilgi Jahon çempionati davomida mamlakat milliy terma jamoasiga nisbatan bildirilgan tanqidlar bir neçta davlatlar tomonidan muvofiqlaştirilgan kampaniyaning bir qismi bölganini davo qilgandi.