Argentina taqiqlarga qaramay Folklend orolini yodga oldi
Argentina terma jamoasi futbolçilari 2026 yilgi Jahon çempionatining yarim finalida Angliyani 2:1 hisobida mağlub etgaç, maydonda Malvina (Folklend) orollari haqidagi bannerni namoyiş qildi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Uçraşuvdan söng argentinalik futbolçilar “Malvina orollari Argentinaga tegişli” degan yozuv tuşirilgan bannerni oçişdi.
Folklend orollari (Argentinada Malvina orollari deb ataladi) yuzasidan siyosiy bahs 1982 yildan buyon davom etib kelmoqda. Öşa yili Buyuk Britaniya va Argentina arxipelag ustidan qurolli mojaroga kirişgan. Uruş oqibatida 649 nafar argentinalik va 255 nafar britaniyalik harbiy halok bölgan. Natijada orollar ustidan nazorat Buyuk Britaniya qölida saqlanib qolgan.
2013 yilda mazkur hududda referendum ötkazilgan bölib, unda ovoz berganlarning 99,8 foizi Buyuk Britaniya tarkibida qoliş tarafdori bölgan. Biroq Buenos-Ayres uşbu referendum natijalarini tan olmaydi.
Uçraşuv oldidan AQŞ Federal qidiruv byurosi (FBI), FIFA hamda mahalliy politsiya vakillari qöşma yiğiliş ötkazib, ikki mamlakat örtasidagi tarixiy ziddiyat va muxlislar örtasida ehtimoliy töqnaşuvlar xavfi sababli bahsni “eng yuqori xavf” toifasiga kiritgan edi.
Endi Argentina terma jamoasi joriy yilning 19 iyul kuni Jahon çempionati finalida Ispaniyaga qarşi maydonga tuşadi.