Argentina vitse-prezidenti Angliya futbolçilarini “qaroqçilar” deb atadi
Argentina vitse-prezidenti Viktoriya Vilyarruel 2026 yilgi Jahon çempionati yarim finali doirasida bölib ötadigan Angliya – Argentina uçraşuvi oldidan keskin bayonot bilan çiqdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida inglizlarni “qaroqçilarning avlodlari” deb atadi.
“Biz qaroqçilarning avlodlariga qarşi maydonga tuşamiz. Bu şunçaki navbatdagi öyin emas. Men siyosiy jihatdan töğri gapirişga yoki özimni tiyib turişga urinmayman: inglizlarga qarşi bahs har doim futboldan ham kattaroq mano kasb etadi. Bu Malvina orollari, bu Diyego Maradona, bu Leo Messining sönggi jahon çempionati va bu bosqinçilarni töxtatiş imkoniyati. Olğa, Argentina! Biz sönggi nafasimizgaça öz haqqimizni talab qilamiz”, deb yozdi Vilyarruel.
Malumot uçun, 1982 yilda Buyuk Britaniya va Argentina mazkur arxipelag uçun uruş olib borgan. Qurolli mojaro oqibatida 649 nafar argentinalik va 255 nafar britaniyalik harbiy halok bölgan.
Uçraşuv arafasida AQŞ Federal qidiruv byurosi (FBI), FIFA hamda mahalliy politsiya vakillari qöşma yiğiliş ötkazib, tarixiy raqobat va muxlislar örtasida ehtimoliy töqnaşuvlar xavfi sababli öyinni “eng yuqori xavf” toifasiga kiritgan.
Vitse-prezidentning bayonotidan farqli ölaroq, Argentina terma jamoasi boş murabbiyi Lionel Skaloni avvalroq sport va siyosatni aralaştirmaslik kerakligini takidlagan edi.
“Bu şunçaki futbol öyini. Köp yillar avval sodir bölgan voqealarni bugungi sport bilan aralaştirmasligimiz kerak. Bu tariximizdagi juda açinarli davr bölgan va biz buni hurmat qilişimiz lozim”, degan Skaloni matbuot anjumanida.
Angliya va Argentina örtasidagi yarim final bahsi bugun, 15 iyul kuni AQŞda bölib ötadi. Uçraşuv ğolibi finalda Frantsiyani 2:0 hisobida mağlub etgan Ispaniyaga qarşi maydonga tuşadi.