Buenos-Ayresda minglab muxlislar Argentinaning finalga çiqqanini nişonladi
Argentina terma jamoasining Jahon çempionati yarim finalida Angliya ustidan qozongan 2:1 hisobidagi ğalabasidan söng, minglab muxlislar Buenos-Ayres markaziga yiğilib, jamoaning finalga çiqqanini keng nişonladi. Bu haqda “Primera Hora” xabar berdi.
Argentina poytaxtining boş ramzlaridan biri hisoblangan Obelisk atrofida katta olomon töplandi. Şu munosabat bilan yodgorlik mamlakat davlat bayroği ranglarida yoritildi. Muxlislar Avenida Nueve-de-Xulio şohköçasini töliq egallab, qöşiqlar kuylaşdi, raqsga tuşişdi va milliy bayroqlarni baland kötarişdi.
Ayrim muxlislar avtobus bekatlari va yoritiş ustunlariga çiqib olgan bölsa-da, navbatçilik qilayotgan politsiya bayram tadbirlariga aralaşmagan.
Şaharning boşqa hududlarida ham bayramona muhit hukm surdi. Muxlislar orasida 1982 yilda Argentina va Buyuk Britaniya örtasidagi qurolli mojaroga sabab bölgan bahsli Folklend (Argentinada Malvina deb ataladi) orollari aks ettirilgan bayroqlar ham kötarildi.
Mazkur hududiy nizo tufayli Angliya va Argentina örtasidagi yarim final uçraşuvi Argentina jamoatçiligi uçun nafaqat sport, balki ramziy ahamiyatga ham ega böldi.
Eslatib ötamiz, Argentina yarim finalda Angliyani 2:1 hisobida mağlub etib, Jahon çempionati finaliga yöl oldi. Endi ular joriy yilning 19 iyul kuni bölib ötadigan hal qiluvçi bahsda Ispaniya terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.