USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Argentina muxlisi ğalabani nişonlaş vaqtida vafot etdi

199 марта
Аргентина мухлиси ғалабани нишонлаш вақтида вафот этди

Argentina milliy terma jamoasi muxlisi Franko Depaul 2026 yilgi Jahon çempionati 1/8 final bosqiçida Misr ustidan qozonilgan ğalabani nişonlaş vaqtida boşiga toş tegişi oqibatida halok böldi. Bu haqda “La Nación” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, 46 yoşli Depaul bilan boğliq fojia Buenos-Ayres viloyatining Kanyuelas şahrida Argentinaning Misr ustidan 3:2 hisobidagi ğalabasi nişonlanayotgan paytda sodir bölgan.

Malum qilinişiça, tartibsizliklar vaqtida nomalum şaxs tomonidan otilgan toş uning boşiga tekkan. Marhumning yaqinlariga köra, Depaul köçadagi şovqinni eşitgaç, avtomobili yukxonasidan bir buyumini oliş uçun çiqqan. Şu vaqtda toş uning peşona qismiga tegib, u darhol huşidan ketgan.

Şundan söng yaqinlari uni zudlik bilan mahalliy şifoxonaga olib borgan. Biroq şifokorlar Depaulning oğir boş miya jarohati oqibatida vafot etganini malum qilgan. Uni qariyb 50 daqiqa davomida jonlantirişga urinişlar samara bermagan.

Politsiya şahar kuzatuv kameralari orqali toşni otgan gumondor şaxsni aniqlagan. U avval öğirlik uçun sudlangan, hozirda esa qotillikda ayblanayotgan 20 yoşli Ivan Nauel Lebrero ismli şaxs ekani malum bölgan.

Şuningdek, töqnaşuvlar oqibatida uç nafar fuqaro va beş nafar politsiya xodimi ham turli darajada jarohat olgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: