Futbol öyinida 14 yoşli ösmir halok böldi
Argentinada futbol öyini vaqtida 14 yoşli futbolçi kökragiga töp tegişi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Need To Know” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, fojia joriy yilning 16 iyun kuni Santyago-del-Estero provintsiyasining La Banda şahrida havaskorlar örtasidagi uçraşuv davomida sodir bölgan. Mahalliy “Atletiko Sarmento” yoşlar jamoasi şarafini himoya qilgan Benjamin Valentin Donofrioning kökragiga töp qattiq zarba bilan tekkan.
Hodisadan söng ösmir darhol maysaga yiqilgan, ammo bir neça soniyadan keyin örnidan turişga muvaffaq bölgan. Biroq bir neça qadam yurgaç, yana muvozanatini yöqotib, yerga qulagan. Şundan keyin unda talvasa kuzatilgan va atrofdagilar zudlik bilan tez yordam çaqirgan.
Donofrio yaqin atrofdagi tibbiyot muassasasiga olib ketilayotganda yuragi töxtab qolgan. Şifokorlarning say-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan.
Naşr malumotiga köra, ölimga yurak çayqalişi sabab bölgan bölişi mumkin. Bu kökrak qafasining çap qismiga kuçli zarba tegişi oqibatida yurak ritmi keskin buzilib ketadigan noyob, ammo öta xavfli holat hisoblanadi. Bunday sindrom köpinça sportçilar orasida uçraydi.
“Çuqur qayğu bilan yoşlar jamoamiz futbolçisi Valentin Donofrioning vafot etganini malum qilamiz. Uşbu oğir kunlarda uning oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Uning klubimizdagi faoliyati xotiramizda abadiy saqlanib qoladi”, deyiladi klub bayonotida.
Hozirda prokuratura ösmirning ölimiga boşqa soğliq muammolari ham tasir körsatgan-körsatmaganini aniqlaş maqsadida ekspertiza tayinlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Gabon milliy terma jamoasining sobiq himoyaçisi Irondu Mussavu-King öz uyida ölik holda topilgan edi.