Rossiyada 13 yoşli bola hammomda telefon işlatgani uçun vafot etdi
3-02-2026, 13:50
481 марта

Rossiyada 13 yoşli bola hammomda telefon işlatgani uçun vafot etdi
Rossiyaning Leningrad viloyatida maktab öquvçisi hammomda telefondan elektr toki urişi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.Ru” xabar berdi.Malum bölişiça, hodisa Boksitogorsk şahrida sodir bölgan. Bola sayrdan keyin çömilişga qaror qilgan va telefon hamda zaryadlovçi qurilmasini olib hammomga kirib ketgan. Bu vaqtda bolaning otasi öğlini sovuqdan issiq xonaga kirib uxlab qoldi, deb öylagan. Bola esa hammomda telefonini suvga tuşirib yuborib, elektr toki urişi oqibatida vafot etgan.
Avvalroq, Vladimir viloyatida ham ösmir vannada elektr toki urişi oqibatida vafot etgandi. U rozetkaga ulangan telefondan foydalanayotgan paytda qurilma suvga tuşib ketgan va ösmirni qutqarib qolişning iloji bölmagan.