24 yoşli futbolçi öz joniga qasd qildi
7-11-2025, 19:46
997 марта

24 yoşli futbolçi öz joniga qasd qildi
AQŞ milliy futbol ligasi (NFL) jamoasi “Dallas Kovboys” himoyaçisi Marşon Niland joriy yilning 5 noyabr kuni politsiya taqibidan söng öz joniga qasd qilgan holda topildi. Bu haqda Texas jamoat xavfsizligi departamenti (DPS)ga tayanib, ABC 7 News naşri xabar berdi.Rasmiylarning xabar berişiça, joriy yilning 5 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 atrofida Dallas şimoliy pullik yölida Niland yöl harakati qoidasini buzganidan söng, patrul xodimlari uni töxtatişga uringan, biroq 24 yoşli futbolçi töxtaşdan boş tortgan va avtomobilni katta tezlikda haydab ketgan. Tez orada avtomobil politsiya nazoratidan çiqib ketgan va taqib töxtatilgan.
Bir neça daqiqadan söng Nilandning maşinasi Dallas Parkveyda halokatga uçragan holatda topilgan. Texas DPS malumotiga köra, u yaqin atrofda özini özini otib, vafot etgan.
“Mijozim va eng yaqin döstim Marşon Nilandning vafoti meni larzaga soldi. U “Dallas Kovboys” tarkibida professional darajaga yetiş uçun astoydil kuraşdi. Uning istedodi, ruhi va insoniyligi söz bilan ifoda etib bölmaydi”, deydi futbolçining agenti Jonatan Perzli.
Malumot uçun, Marşon Niland 2024 yilgi NFL’ning ikkinçi bosqiçida “Dallas Kovboys” tarkibiga qöşilgan. U joriy mavsumda zaxira himoyaçi sifatida 7 ta öyinda maydonga tuşgan edi.