Urgançda yana bir fuqaro özini 9 qavatli uy tomidan taşlamoqçi böldi
29-07-2025, 10:42
2 945 марта
Urgançda yana bir fuqaro özini 9 qavatli uy tomidan taşlamoqçi böldi2025 yil 29 iyul kuni Urganç şahrida yana bir fuqaro özini köp qavatli uyning tomiga çiqib, öz joniga qasd qilişga urindi. Voqea şaharning insonlar gavjum hududlaridan birida sodir bölgan.
Guvohlar malum qilişiça, ayol kişi 9 qavatli uyning tomiga çiqib, tuşişni rad etgan. Hodisa joyiga tezkorlik bilan huquqni muhofaza qiluvçi organlar, yonğin-qutqaruv xizmati va tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgan.
Muzokaralar natijasida fuqaroni tinçlantirişga va uni pastga tuşirişga muvaffaq bölindi.
Hozirda uşbu holat böyiça suriştiruv işlari olib borilmoqda. Fuqaroning bunday qadamga borişiga nimalar sabab bölgani aniqlanmoqda.
Bu Urgançda sönggi oylarda qayd etilgan öz joniga qasd qiliş holatlaridan yana biri böldi. Mutasaddi idoralar aholi örtasida psixologik barqarorlikni taminlaş böyiça tizimli çoralar körişi zarurligi yana bir bor namoyon böldi.