Meksikada ğalabani nişonlaş paytida uç kişi halok böldi
2026 yilgi Jahon çempionati 1/16 finalida Meksika terma jamoasining Ekvador ustidan qozongan ğalabasini nişonlaş uçun Mexiko köçalariga töplangan bir milliondan ortiq muxlislarning ommaviy tirbandlik hosil qilişi oqibatida uç kişi halok böldi. Bu haqda “Reuters” naşri xabar berdi.
Poytaxt soğliqni saqlaş boşqarmasi malumotiga köra, qurbonlar 19 yoşli qiz, 48 yoşli ayol va 44 yoşli erkak bölib, ularning barçasi böğiliş oqibatida vafot etgan.
Şahar rasmiylarining bildirişiça, eng katta olomon Mexiko markazidagi Mustaqillik ustuni atrofida töplangan. Keng kölamli bayramlarga Meksika terma jamoasining Ekvadorni 2:0 hisobida mağlub etib, 1986 yildan beri ilk bor Jahon çempionati pley-offida ğalaba qozongani sabab bölgan.
Mexiko şahri meri Klara Brugada halok bölganlarning oilalariga hamdardlik bildirib, ularga zarur yordam körsatilişini malum qilgan. Şuningdek, u muxlislarni ğalabalarni nişonlaşda masuliyatli bölişga, atrofdagilarga ğamxörlik va hurmat bilan munosabatda bölişga çaqirgan.
Soğliqni saqlaş boşqarmasi malumotiga köra, tez tibbiy yordam xodimlari Paseo-de-la-Reforma köçasining turli nuqtalarida huşsiz holatda topilgan uç kişiga birinçi tibbiy yordam va yurak-öpka reanimatsiyasini körsatgan. Şundan söng ular şifoxonalarga olib ketilgan, ammo şifokorlarning say-harakatlariga qaramay, uçalasi ham vafot etgan.
Qayd etilişiça, uçraşuv boşlanişidan avval ham şahar hokimiyati Mustaqillik ustuni oldida yiğilmaslikni, öyinni boşqa joylarda tomoşa qilişni söragan. Çunki öyin boşlanişidan ança oldin şahar markazida juda katta olomon töplangan bölgan. Şuningdek, kuçli tirbandlik natijasida önlab odamlar turli darajada jarohat olgani xabar qilinmoqda.
Malumot uçun, 20 milliondan ortiq aholi yaşaydigan Mexiko dunyoning eng ziç aholi yaşaydigan megapolislaridan biri hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ekvador ustidan qozonilgan ğalaba Meksika terma jamoasini Jahon çempionatining 1/8 finaliga olib çiqqani haqida xabar qilingandi. Endilikda Meksika Jahon çempionatining nimçorak finalida Tomas Tuxel boşçiligidagi Angliya terma jamoasiga qarşi töqnaş keladi.