Ekvadorning pley-offga çiqişi ortidan mamlakatda dam oliş kuni elon qilindi
Ekvador Prezidenti Daniel Noboa mamlakat milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon çempionati 1/16 finaliga çiqqanini nişonlaş munosabati bilan 26 iyunni dam oliş kuni deb elon qildi. Bu haqda Prezidentning ijtimoiy tarmoqdagi bayonoti va 431-sonli Prezident farmonida malumot berilgan.
Bunga Ekvador terma jamoasining bugun, 26 iyun kuni guruh bosqiçi sönggi turida musobaqa favoritlaridan biri bölgan Germaniyani 2:1 hisobida mağlub etib, pley-off yöllanmasini qölga kiritgani sabab böldi.
“Tanqidlar, haqoratlar va qiyinçiliklarga qaramay, özini tiklab, butun mamlakatga şunday ulkan quvonç bağişlagan futbolçilar va murabbiylar ştabiga rahmat. Ertaga bayram! Yaşasin Ekvador!” deydi Noboa.
Ekvador terma jamoasi öz tarixida beşinçi marta Jahon çempionatida iştirok etmoqda. Jamoaning mundiallardagi eng yaxşi natijasi 2006 yilda 1/8 finalga çiqqanidir.
Germaniyaga qarşi öyindagi ğalaba orqali Ekvador “E” guruhida 4 oçko bilan uçinçi örinni egalladi va uçinçi örin sohiblari örtasidagi umumiy reytingda birinçi poğonaga kötarildi.
Musobaqa nizomiga köra, guruhlarda uçinçi örinni egallagan 12 ta jamoadan eng yaxşi 8 tasi pley-off bosqiçiga çiqadi. Hozirda Ekvador uşbu 8 talikdan tuşib ketmaydigan jamoalar sirasiga kiradi.