Özbekistonning pley-offga çiqiş imkoniyati 1 foiz deb baholandi
“The Guardian” naşri 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçi yakunlanişi arafasida terma jamoalarning pley-offga çiqiş ehtimolini hisoblab çiqdi. Naşr tahlillarida Özbekiston milliy terma jamoasining imkoniyatlari musobaqadagi eng past körsatkiçlardan biri sifatida baholangan.
Naşr hisob-kitoblariga köra, Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR bilan bir guruhdan örin olgan Özbekistonning 1/16 finalga çiqiş ehtimoli atigi 1 foizni taşkil etadi. Biroq terma jamoaning uçinçi örinni egallagan taqdirda ham musobaqani tark etiş ehtimoli 31 foiz etib körsatilgan.
Prognozlar Özbekistonning guruhni törtinçi örinda yakunlaş ehtimolini esa 69 foiz deb baholagan.
Eslatib ötamiz, bugun, 26 iyun kungi Ekvador terma jamoasining Germaniya ustidan 2:1 hisobida ğalabasi Özbekiston terma jamoasining imkoniyatlarini keskin pasaytirdi. Uşbu ğalaba orqali Ekvador “E” guruhida 4 oçko bilan uçinçi örinni egalladi va uçinçi örin sohiblari örtasidagi umumiy reytingda birinçi poğonaga kötarildi.
Musobaqa nizomiga köra, guruhlarda uçinçi örinni egallagan 12 ta jamoadan eng yaxşi 8 tasi pley-off bosqiçiga çiqadi. Ayni paytda uşbu reytingning sakkizinçi örnidagi jamoa ham 3 oçkoga ega.
Bu esa Özbekiston terma jamoasi uçun vaziyatni ança murakkablaştiradi. Endilikda terma jamoa guruh bosqiçining sönggi turida Kongo Demokratik Respublikasiga qarşi maydonga tuşadi. Hozirgi holatga köra, Özbekiston pley-offga çiqiş imkoniyatini saqlab qolişi uçun raqibini kamida tört töp farqi bilan mağlub etişi talab etiladi. Şundagina Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasi guruhdan çiqiş imkoniyatiga ega böladi.
Malumot uçun, Özbekiston guruh bosqiçining sönggi turida Kongo DRga qarşi öynaydi. Uçraşuv joriy yilning 28 iyun kuni Atlanta şahrida Toşkent vaqti bilan 4:30 da boşlanadi.